4-5-Mavzu: Ilmiy tadqiqotning namoyon bo’lish jihatlari Reja
Download 77.27 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ilmiy tadqiqotning namoyon bo‘lish shakllari: individual ilmiy tadqiqot (bakalavr bitiruv ishi, magistrlik va doktorlik dissertasiyasi, referat va maqolalar, kurs ishi, monografiya).
4-5-Mavzu: Ilmiy tadqiqotning namoyon bo’lish jihatlari Reja: 1. Ilmiy tadqiqot tushunchasi va uni amalga oshirish bosqichlari. 2. Ilmiy tadqiqot namoyon bо’lishining asosiy jihatlari: (erkinlik, yozma matn va uning og’zaki matndan farqi, ilmiy tadqiqot natijalarini ifodalovchi tezis, maqola, monografiyalarni yozish va ularning taqdimoti, ularning mazmuniga nisbatan tanqidiy tahlilning ahamiyati). 3.Ilmiy tadqiqotni ilmiy ish sifatida rasmiylashtirish metodikasi. 4. Xalqaro jurnallarda maqolalar nashr qilishning zaruriyati va ahamiyati. Iqtibos berishning ilmiy faoliyatdagi orni. Plagiat tushunchasi. 5. Kutubxonalarda ishlash amaliyoti: alfavit, sistemali va electron kataloglar. 1. Ilmiy tadqiqotning namoyon bo‘lish shakllari: individual ilmiy tadqiqot (bakalavr bitiruv ishi, magistrlik va doktorlik dissertasiyasi, referat va maqolalar, kurs ishi, monografiya). Har qanday ilmiy tadqiqot natijasi - umumiy boylik va mulkdir. Ular har xii yo'l1ar bilan butunjamoa e'tiboriga yetkazilishi kerak, aibatta eng avval shu sohada ishlovchi mutaxasislarning Mutaxassislarga informatsiya berishning turli xii shakllari mavjud. Ko'p sonli amaliyot quyidagi asosiy shakllarini ishlab chiqqan: - ilrniy tadqiqot ishlari haqida hisobot, u 19600-74 GOST talablariga asosan tuziladi va deponirovka qilinishi mumkin; - ixtiroga talabnoma; - oynomalarda, institutlar ilmiy to'plamlarida yoki maxsus ilmiy ishlar to'plamlarida va shu kabilarda maqolalar; - har xii iImiy anjumaniarda ma'ruzalar; - xabarnoma, odatda 5,10 minut davomida qisqa xabarlar beriladi; - obzor ish boshlashdan oldingi va shu kungacha tadqiqot olib borilayotgan yoki unga turdosh mavzular bo'yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot natjjalarini odilona tanqidiy yig'ilmasi; - referat – ilmiy tadqiqot ishlar natijalari haqida keltirilgan qisqa ma'lumot; - avtoreferat - dissertatsiyaning qisqartirilgan mazmuni; - Tezis» sо‘zining ma’nosi- Yunoncha sо‘z bо‘lib, «qoida, xulosa» ma’nosini bildiradi, ilmiy asar, maqola va ma’ruzalardagi bayon etiladigan asosiy fikr, xulosa demakdir. - monografiya - kitob, broshyura ko'rinishidagi ilmiy ishlar to'plami bo'lib, unda muayyan bir ilmiy masala yoki muammo yoritilib, uning yechimlari va yechilish usullari keltiriladi; - dissertatsiya - mustaqil yoki ilmiy rahbar rahbarligida yoki maslahatchiligida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishi bo'lib unda u aktual ilmiy masala yoki muammoning yangi yechimlari hal qilinish usulJari keltiriladi va ilmiy unvon olish uchun uni ilmiy jamoa oldida himoya qilinadi. Ilmiy tadqiqot natijalari bo'yicha ma'lumotlarning yuqorida keltirilganlardan boshqa ham ko'pgina shakllari ham mavjud. Ilmiy ma'lumotlarning keng ko'lamda ommalashtirilish maqsadida turli doirada (ilmiy muassasa, respublika, xalqaro va boshqa) simfoziyumlardan keng foydalanilib kelinmoqda. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar natijalari, ilrniy yangiliklar va boshqa turdagi ma'lumotlarni keng ommaga jahon hamjamiyatiga yetkazishda internet tizimidan foydalanish joriy qilingan. Ilmiy tadqiqot ishining har qanday informatsion materiali aniq talabga javob berishi kerak: kompozitsiyasi (ko'rilishi) aniq bo'lishi; tushuntirilishi mantiqiy ketma-ketlikni ta'minlashi; - muallifning ilgan surayotgan farazining himoyasini asoslovchi dalillar ishonarli bo'lishi; - yangi holatlarni ifodalanishi aniq qisqa qaytarishlarsiz bo'lishi; - ishining umumiy natijalari hamda undagi yangiliklar aniq va birbiridan ajratilgan holda tushunarli darajada keltirilishi; - xulosalar o'z tasdig'iga ega, qisqa va aniq qayd qilingan, shu bilan birga urnumiy va bugungi kunda ma'lum bo'lgan materiallar hamda xulosalardan holi bo'lishi; - iimiy va amaliy xarakterdagi ishlanmalar takliflar asoslangan va real bo'hshi kerak. Download 77.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling