4-Amaliy Ish. Namunalar bo‘yicha cho‘kindi tog‘ jinslarini o‘rganish ularning strukturasi va teksturasi. Ishning maqsadi


Download 24.56 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2023
Hajmi24.56 Kb.
#1254745
  1   2
Bog'liq
4-Amaliy Ish.


4-Amaliy Ish.
Namunalar bo‘yicha cho‘kindi tog‘ jinslarini o‘rganish ularning strukturasi va teksturasi.
Ishning maqsadi: Cho’kindi tog' jinslarini ajrata bilish, hamda nazariy bilimlarni mustahkamlash va ularni boshqa tog' jinslaridan to'g'ri ajratishni, tarkibi,strukturasiva teksturasini o'rganish.

Nurash mahsulotlarining suv, shamol, muzliklarning harakati natijasida bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizilishi, okean, dengiz, ko‘l havzalarida yashagan va yashayotgan o‘simlik, hayvonot dunyosi qoldiqlarining daryolar oqizib kelgan oqindi jinslar bilan birga sekin- asta cho‘kib yig‘ilishi hamda ularning fizik-kimyoviy, biokimyoviy va boshqa yo‘llar bilan o‘zgarish jarayonida yer qobig‘ining yuqorigi chuqurlik va gidrosfera qismi paydo boladi. Cho‘kindi tog‘ jinslari biz yuqorida sanab o‘tgan magmatik tog‘ jinslaridan qat-qat bo‘lib yotishi, g‘ovakligining yuqoriligi, o‘z tarkibida o‘simlik, hayvonot qoldiqlarini biriktirib turishi hamda o‘ziga xos mineralogik, kimyoviy tarkibi, fizik-mexanik xossa va xususiyatlari bilan farq qiladi.


Cho‘kindi tog‘ jinslar o‘zlarining hosil bo‘lish sharoiti, ularni tashkil qiluvchi mineral zarralar, shuningdek, tarkibidagi boshqa tog‘ jins bo‘laklarining katta-kichikligiga qarab, uchta asosiy guruhga bo‘linadi:
l.Mexanik yo'l bilan hosil bo'lgan cho'kindi tog' jinslari (qumli jinslar galechnik ,graviy ,dresva,shag'al,qum, gil, supes, suglinok, lyos;tsementIashgan cho'kindi jinslar-brekchiya (qirrali tosh), kongIamerat(shag'al tosh ) qum tosh, alevlarit, argilit.
2.Ximyaviy yo'I bilan hosil bo'lgan cho'kindi tog' jinslar (ohaktosh,dolomit,angidrid,osh tuzi,gips va b.)
3. Organik yo'l bilan hosil bo'lgan cho'kindi to'g' jinslar (bo'r, opoka, torf, ko'mir,chig'anoqsimon ohaktosh).
Cho'kindi tog'jinslar butun erdagi tog' jinslarining atigi 5%ni tashkil qiladi, lekin bu jinslar erning yuza qismining 75% maydonni ishg'ol qilib yotadi.
Cho'kindi tog' jinslar hosil bo'lishida bir qator xususiyatlar xosil qiladiki,bu jinslar magmatik va metamorfik tog' jinslaridan ko'rinishida ham farqlar ko'rinib turadi.
Bu hususiyat minerallik va himyaviy tarkibi, strukturasi, qiymati, hajmi bilan farqlanadi va hosil bo'lish iqlimi bilan bog'liqdir.
Cho'kindi tog' jinslar strukturasi turlichadir .Har bir jins o'ziga xos strukturaga ega.Qum toshliji jinslarga tarkibida qum bor jinslar xarakterlidir (4.2-jadval).
Struktura-bu jinsning ichki tuzilishi hususiyati bo'lib ,uning minerallik tarkibi, hajmi va miqdori haqidagi ma'lumotlar demakdir.
Tekstura-bu jins tarkibidagi minerallarning hajm bo'yicha kristallanishformasi va joylashuvi to'g'risidagi xarakterlar xaqidagi ma'lumotlar.
Vazifa: Cho'kindi tog' jinslari bilan tanishib chiqish va ularni quyidagi tartibda yozib chiqish:jins nomi, rangi, strukturali va teksturali husysiyatlari, qo'llanilishi.
Kerakli jihozlar.

  1. Ish daftari.

  2. Chizg'ich, qalam, ruchka.

  3. Tog' jinslarining namunalari.

Bajarilish tartibi:
l.Qutilardan tog' jinslarining namunalari olinadi.
2.Tog' jinslarining namunalarini jadval shaklda yoziladi.
Hisobot: Dars oxirida talaba to'ldirgan jadvalini topshirib gapirib beradi.
4.1- jadval

T/r

Tog' jinsining nomlanishi

Rangi

Strukturasi va
teksturasi hususiyatlari

Genetik tur-lanishga ko'ra nomlanishi

Qo'llanilishi

11

Och kulrang shag’al




Katta sinishli silliqlanmagan, qirrali jins bo'laklari

Sinuvchan(meha nik umatiluvchi)

Qurilishda temiur yo'llar yotqizishda vaboshqalar.



4.2-jadval



Download 24.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling