4-Amaliy ish
Portlovchi modda zaryadlari portlaganda hosil bo‘ladigan gazlar hajmi va bosimini aniqlash
4.1.Portlovchi modda zaryadlari portlaganda hosil bo‘ladigan gazlar hajmini aniqlash
Portlashda hosil bo’ladigan gazlar hajmi portlovchi modda parchalanish reaksiyasi bo’yicha Avogadro qonuniga asosan aniqlanadi. Ushbu qonunga ko’ra harorat 00 va bosim 1,01∙105 Pa bo’lganda har xil gazlarning bir gramm-molekulasi 22,42∙10-3 m3 hajmni egallaydi.
1 kg portlovchi modda portlaganda hosil bo’ladigan gazlar hajmi (m3/kg), quyidagicha aniqlanadi:
bunda n – portlash gazsimon mahsulotlarining gramm molekulalari soni;
m – portlovchi modda tarkibiy qismi gramm-molekulalari soni; М – portlovchi modda tarkibiy qismlarining nisbiy molekulyar massasi.
4.1-misol.1 kg nitrogliserin portlaganda hosil bo’ladigan gazsimon mahsulotlar hajmi aniqlansin.
Masala yechimi.Gazlar hajmi quyidagicha topiladi:
Suv bug’ holatda bo’lganda
Suv suyuq fazada bo’lganda
Mustaqil yechish uchun masalalar
4.1.1-masala. Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan ammiakli selitra portlovchi moddasining portlash gazlari hajmini aniqlang:
2NH4NO3→4H2O+2N2+O2.
4.1.2-masala. Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan nitroglikol portlovchi moddasining portlash gazlari hajmini aniqlang:
C2H4(ONO2)2→2CO2+2H2O+N2.
4.1.3-masala. Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan dinitronaftalin portlovchi moddasining portlash gazlari hajmini aniqlang:
C10H6(NO2)2→CO+3H2O+N2+9C.
Do'stlaringiz bilan baham: |