4.1.4-masala. Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan trotil portlovchi moddasining portlash gazlari hajmini aniqlang:
2C6H2(NO2)3CH3→5H2O+7CO+7C+3N2
4.1.5-masala. Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan geksogen portlovchi moddasining portlash gazlari hajmini aniqlang:
C3H6N6O6 →3H2O+3CO+3N2
4.2.Portlovchi modda zaryadlari portlaganda hosil bo‘ladigan gazlar bosimini aniqlash
Portlashda hosil bo’ladigan gazlar bosimi (Pa) Boyl-Mariot va Gey-Lyussak qonuniga ko’ra aniqlanadi:
bunda р0 – gazlar atmosfera bosimi bo’lib, harorat 0 0Cga teng bo’lganda 1,01∙105 Pa ga teng; V0–harorat 0 0C va bosim 1,01∙105 Pa bo’lganda portlash gazlari hajmi (m3); Т– absolyut noldan hisoblangan portlash harorati, K; V – zaryad kamerasi hajmi, m3.
Yuqoridagi formula ideal gazlar uchun o’rinlidir. Portlovchi modda zaryadi ma’lum zichlikda bo’lganda (0,5-1,0 t/m3) portlash mahsulotlari molekulasining xususiy hajmi katta ahamiyatga ega bo’lib, uning qiymati α=0,001V0 ga teng qilib olinadi va buni hisobga olgan holda yuqoridagi formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Zaryadlash zichligi 1 g/sm3 dan katta bo’lganda α=0,0006V0 qabul qilinadi.
Zaryad kamerasi hajmi V ni portlovchi modda zaryadi zichligi (Δ=М/V)ga almashtirib, M=1 (birlik massa) bo’lganda quyidagi formulaga ega bo’lamiz:
4.2-misol. Portlash harorati 5053 K bo’lganda 1 kg nitrogliserin portlaganda 0,716 m3 hajmdagi gazlar hosil bo’lsa, gazlar bosimi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |