4-Amaliy mashg’ulot inflatsiya va inflatsiyaga qarshi siyosat
Download 45.64 Kb.
|
4-mavzu. Inflatsiya va inflatsiyaga qarshi siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari.
4-Amaliy mashg’ulotINFLATSIYA VA INFLATSIYAGA QARSHI SIYOSATReja: 4.1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari. 4.2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi. 4.3. Inflatsiya va ishsizlik o`rtasidagi bog`liklik. Fillips egri chizig`i. 4.4. Antiinflatsiya siyosati va O`zbekiston Respublikasida uni amalga oshirish xususiyatlari Tayanch so’z va iboralar: Inflyatsiya, Inflyatsiya sur’ati, barqaror o’sish, narxlar o’rtacha (umumiy) darajasi, narx indekslari, talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari.Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. “Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi. Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi (narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: Download 45.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling