4. Axloqshunos olim, A


Download 15.2 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi15.2 Kb.
#1604410
1   2   3   4
Bog'liq
Falsafa Etika tttt

Kasb etikasi har bir kasb-hunarga xos axloqiy (norma) me’yof, (prinsip) tamoyillar va sifatlami o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.

6.Etika fani rivojianish tarixiga nazar tashlasak, gedonizm va evdemonizm kabi ta’limotlar inson uchun zarur boigan ehtiyojlari, moddiy qadriyatlar uning qadr-qimmati bilan bogiiq g'oyalarai ilgari suradi.
Gedonizm (grech. hendone - lazzatlanish) - qadimgi davr falsafiy tushunchalaridan biri sifatida ko‘ngilocharlik, huzurlanish ma’nolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunos ligida gedonizm (huzurbaxshlik taiimoti) hayotning maiiosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan taiimotni ilgari surar edi,
Evdemonizm (grech. suSatfiovia - barqarorlik, huzurbaxshlik, baxt) - inson asosiy faoliyatining baxtga erishuvga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axloqshunoslik yo‘nalishlardan biri sanaladi.
7. Evdemonizm yo'nalishi namoyondalari qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Arastuning baxt hakidagi ta’limoti yotadi. Uning fikricha baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o'zini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tushunchadir. .Evdemonizm yo^nalishidagi huzurbaxshlik ta’limotini yoqlovchilar epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlai* baxt va huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar.
8.Axloqiy kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo'yiladigan talab tarzida namoyon boiib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o'zaro aloqalaridagi asosiy jihatlami belgilab beradi. Natijada, tamoyillar inson hatti-harakatming umumiy yo‘nalishini ko'rsatgan holda, ko'pgina axloqiy me’yorlar uchun asos boiib xizmat qiladi. Quyida biz ana shulardan ayrimlarini ко'rib o‘ta5miz.
Vatanparvarlik bu tamoyilbir ijtimoiy guruhga mansub boigan insonlarning o ‘z tarixini, till, madaniyati, urf-odatlarini, milliy obro‘si, qadrqimmatini bilish, hurmat qilishi, ularga taya’nishi, boshqa xalqlarning ham obro‘- e ’tiborini. manfaatlarini hurmat qila bilishini ifodaiovchi ma’naviy fazilatdir.
Miliatparvarlik va ma’suliyat tuyg'usi kuchli bo‘lgan insongina millatning ravnaqi va istiqboli yo‘Iida olib borayotgan maqsadlariga erishadi. Xalq hayoti turli inqirozlarga, tanazzullarga uchramasligi uchun yoshlarda miliatparvarlik va ma’suliyat tuyg‘usini yanada kamol toptirishga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Insonparvarlik. Bu tamoyil- insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g'oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo£lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonchdir.
9. Umuminsoniy axloq prinsiplariga kiruvchi insonparvarlik davlat xizmatchilarming amalda qo‘llash faoliyatida o‘ziga hos tarzda namoyon bo‘ladi. Biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati nafaqat insonga mehrmuhabbat va izzat-hurmat ko‘rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan, balki Shaxsning har tomoniama kamol topishi uchun zarur boigan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarini yaratishni ham o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.
Barcha fanlaming o‘z kategoriyalar tizimi boiganligi kabi, etika fanining ham o‘z kategoriyalari mavjud. “Kategoriya” so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy ma'nosi “hukfn”, “guvoh”, “ifodalash”, ‘Ha’rif berish” , “fikr aytish” degan ma’nolami anglatadi, Har bir kategoriva’ning о‘ziga xos jihatlari va bajaradigan maxsus vazifalari mavjud.
Etikaning eng asosiy kategoriyasi Muhabbat hisoblanadi. Barcha kategoriyalar, tamoyillar va me’yorlar zamirida ham muhabbat tushunchasi yotadi. Faylasuf olim Abdulla She’r muhabbat kategoriyasini shunday izohlaydi: “Muhabbatning obyekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q.

Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling