4. Bagrikenglik tushunchasining mazmun-moxiyati nimada?


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#235260
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Strategiya oxirgi topshiriq



Nazorat savollari: 

1. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirishni ko'zda tutuvchi 

normaning ahamiyati qanday? 

2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat tashqi siyosatining mazmun-mohiyati qanday 

yoritilgan? 

3. Nima uchun ayollarning jamiyatimizdagi o'rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini yanada oshirish 

turmushimizni farovon etish bilan uzviy va chambarchas bog'liq? 

4. Bagrikenglik tushunchasining mazmun-moxiyati nimada? 

5. Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish 

bo'yicha qanday tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiq? 

 

Topshiriq javobi 



1.

 

“Jamoatchilik  nazorati  to‘g‘risida”gi  Qonun  yurtdoshlarimizning   mamlakatda  kechayotgan 



islohotlarga daxldorlik hissini oshiradi. 

Jamoatchilik  nazorati  demokratiya  va  xalq  hokimiyatchiligining  muhim  instituti  hisoblanib,  u  davlat 

organlari  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish  orqali  fuqarolarning  huquqlari  hamda  qonuniy 

manfaatlari muhofazasini ta’minlashga xizmat qiladi. 

U fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini hamda qonun hujjatlari 

talablariga davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan og‘ishmay rioya qilinishini, 

ular oldida turgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Shu  bois  kuchli  fuqarolik  jamiyati  shakllantirilayotgan  yurtimizda  jamoatchilik  nazoratini 

takomillashtirish, uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan 

islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. 

Alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyamizga 2014 yilda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, 

davlat  hokimiyati  hamda  boshqaruvi  organlari  tomonidan  qonun  hujjatlari  ijrosi  ustidan  jamoatchilik 

nazoratini amalga oshirishning konstitutsiyaviy asosi shakllantirildi. Unga muvofiq, fuqarolarning jamiyat 

va  davlat  ishlarini  boshqarishdagi  ishtiroki  davlat  organlari  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazoratini 

rivojlantirish  hamda  takomillashtirish  yo‘li  bilan  ham  ro‘yobga  chiqariladi.  E’tiborli  jihati,  jamoatchilik 

nazorati  institutiga  konstitutsiyaviy-huquqiy  maqomning  berilishi  yurtimizda  mazkur  nazorat  institutini 

sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. 

Amaldagi qator qonun va qonunosti hujjatlarida jamoat nazorati haqida qator normalar mavjud bo‘lsa-

da, ushbu institutning mohiyati, turlari, uni amalga oshirishning usul hamda shakllari, umuman olganda, 

nazorat qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi maxsus qoidalar, yagona hujjat mavjud emas edi. Bu esa 

qonunlardagi  mazkur  qoidalar,  hatto,  konstitutsiyaviy  normaning  ham  to‘liq  ishlamasligiga  sabab 

bo‘layotgandi. 

Bundan  tashqari,  jamoatchilik  nazorati  borasida  qator  normativ-huquqiy  hujjatlarni  birxillashtirish  va 

yagona  tizimlashtirilgan  tayanch  qonunni  qabul  qilishga,  jamoatchilik  nazorati  masalalarini  tartibga 

soluvchi qonun hujjatlaridagi “huquqiy bo‘shliqlar”ni bartaraf etishga ehtiyoj mavjud edi. 



Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni 

qo‘llab-quvvatlash  yilida  amalga  oshirishga  oid  Davlat  dasturi  asosida  “Jamoatchilik  nazorati 

to‘g‘risida”gi  Qonun  parlamentimiz  quyi  palatasi  deputatlari  tomonidan  ishlab  chiqilib,  keng 

muhokamalardan so‘ng qabul qilindi, Senat tomonidan ma’qullandi hamda Prezidentimiz imzolaganidan 

so‘ng kecha matbuotda e’lon qilindi. 

Qonun  Konstitutsiyada  nazarda  tutilgan  normani  amaliyotda  qo‘llashga,  mamlakatimizda  davlat 

organlarining  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirishning  qonunchilik  asoslari  va 

mexanizmini to‘liq belgilashga qaratilgani bilan nihoyatda e’tiborlidir. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling