4. Bagrikenglik tushunchasining mazmun-moxiyati nimada?


Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi muhimligi nimada?


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#235260
1   2   3   4   5
Bog'liq
Strategiya oxirgi topshiriq

Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi muhimligi nimada? 

Avvalambor,  jamoatchilik  nazorati  faqatgina  jamiyat  uchun  emas,  balki  davlat  hokimiyati  hamda 

boshqaruvi organlari faoliyatini samarali tashkil etishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, jamoatchilik 

nazorati qonunlarning samarali ishlashini ta’minlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan 

birga,  uni  muhofaza  etishga  da’vat  qiladi,  davlat  tuzilmalarining  takomillashuvini  ta’minlaydi.  Bu  esa 

pirovardida  jamoatchilik  nazorati  orqali  bugungi  kunda  o‘ta  dolzarb  hisoblanib  kelinayotgan  davlat 

organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi hamda mas’uliyatini oshirishga zamin yaratadi. 

Ayni paytda jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi ta’sirchanligi 

ortadi,  davlat  kelajagiga  befarq  bo‘lmagan  va  ijtimoiy  faol  aholi  qatlami  shakllanib  boradi.  Bu  esa,  o‘z 

navbatida,  mamlakatda  islohotlarning  yanada  samarali  olib  borilishini  ta’minlaydi.  Davlat  hokimiyati 

hamda  boshqaruvi  organlari  jamoatchilikning  ishonchi  va  ko‘magida  o‘z  faoliyatini  yanada  samarali 

tashkil 


etish 

imkoniga 

ham 

ega 


bo‘ladi. 

Jamoatchilik  nazorati  to‘g‘risida”gi  Qonunda  jamoatchilik  nazorati  sub’ekt  hamda  ob’ektlari,  asosiy 

prinsiplari va jamoatchilik  nazoratini amalga oshirish shakllari belgilanib, nazorat shakllari bilan bog‘liq 

tartib  keng  yoritilgan.  Shuningdek,  jamoatchilik  nazorati  sub’ektlari  hamda  ob’ektlarining  huquq  va 

majburiyatlari, uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi ochib berildi. 

Qonunga muvofiq, jamoatchilik  nazoratini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi 

boshqarish  organlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  hamda  ommaviy  axborot  vositalari  olib  borish 

huquqiga ega. 

Davlat  organlari  va  ular  mansabdor  shaxslarining  qabul  qilinayotgan  normativ-huquqiy  hujjatlarda, 

qarorlarda,  shuningdek,  davlat,  tarmoq  hamda  mintaqaviy  rivojlantirish  dasturlarida  jamoatchilik 

manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy 

manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini 

ta’minlashga oid faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. 

Qonunga  muvofiq,  jamoatchilik  nazorati  sub’ektlari  davlat  organlari  faoliyati  ustidan  qator  shakllarda, 

ya’ni  davlat  organlariga  murojaatlar  hamda  so‘rovlar  yo‘llash,  davlat  organlarining  ochiq  hay’at 

majlislarida  qatnashish,  jamoatchilik  muhokamasi,  jamoatchilik  eshituvi,  jamoatchilik  monitoringi, 

jamoatchilik  ekspertizasi,  jamoatchilik  fikrini  o‘rganish,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

tomonidan  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlarining,  boshqa  tashkilotlar  va  muassasalarning  hisobotlarini 

eshitish kabi usullarda nazorat olib boradi. 

Qonunni ishlab chiqish jarayonida milliy qonunchilik, huquqshunos olimlar hamda ekspertlarning fikrlari 

va  xorijiy  mamlakatlar  tajribasi  o‘rganildi,  jamoatchilik  nazorati  sohasidagi  huquqni  qo‘llash  amaliyoti 

tahlil qilindi. Jumladan, AQSh, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Qozog‘iston kabi 

mamlakatlarning jamoatchilik nazorati sohasidagi qonun hujjatlari to‘liq o‘rganilgan. 



Xulosa  o‘rnida  ta’kidlash  joizki,  mazkur  Qonun  davlat  organlari  hamda  mansabdor  shaxslari  faoliyati 

samaradorligini yanada oshirishga, eng muhimi, bevosita fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini 

muhofaza etish mexanizmining yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Bu esa “Kuchli davlatdan — kuchli 

fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalda qaror topishini ta’minlaydi. 

2.  

O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari 



Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida 

mustaqil  tashqi  siyosat  yuritish  qoidalarini  nazariy  va  amaliy  jihatdan  puxta  asoslab  berdi.  Tashqi 

siyosatga  tinchlik,  barqarorlik,  hamkorlik  yo’li  asos  qilib  olindi.  O’zbekiston  Respublikasi  tashqi 

siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

mafkuraviy  qarashlardan  qafiy  nazar  hamkorlik  uchun  chiqlik,umuminsoniy  qadriyatlarga,  tinchlik  va 

xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 

boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; 

kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 

inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 

ichki  milliy  qonunlar  va  huquqiy  normalardan  xalqaro  huquqning  umum  e'tirof  etilgan  qoidalari  va 

normalarining ustivorligi; 

davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlari,  farovonligi  va  xavfsizligini  ta'minlash  maqsadida  ittifoqlar  tuzish, 

hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; 

tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

davlatlararo  aloqalarda  teng  huquqlilik  va  o’zaro  manfaatdorlik,  davlat  milliy  manfaatlarining 

ustunligi;tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, 

bir  davlat  bilan  yaqinlashish  hisobiga  boshqasidan  uzoqlashmaslik.Mamlakatimizning  jahon  xalqlari 

tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo’lib  tushgan  tinchliksevar  tashqi  siyosati,  uni  jahonda  mustaqil  davlat 

sifatida  tezda  tan  olinishini  ta'minladi.  O’zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  dunyodagi 

nufuzli  davlatlar  tan  oldi,  ularning  120  tasi  bilan  diplomatik,  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy–texnikaviy  va 

madaniy  aloqalar  o’rnatildi.  Toshkentda  43  mamlakatning  elchixonasi  ochildi.  Bular  jumlasiga  AQSH, 

Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. 

Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta 

nohukumat  tashkilotlarning vakolatxonalari  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Dunyodagi  30  dan  ortiq  davlatda  – 

AQSH,  Turkiya,  Germaniya,  Fransiya,  Xitoy,  Pokiston  va  boshqalarda  O’zbekistonning  elchixonalari  va 

konsulliklari ishlab turibdi. 

3.

 X

alqimiz azaldan Ona zotiga, xotin-qizlar sha’niga doimo yuksak ehtirom ko‘rsatib kelgan. Ayolga 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling