4. Bagrikenglik tushunchasining mazmun-moxiyati nimada?


Diniy  ekstremizm  diniy  rang-baranglikni  rad  eta


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#235260
1   2   3   4   5
Bog'liq
Strategiya oxirgi topshiriq

Diniy  ekstremizm  diniy  rang-baranglikni  rad  etadi.  Shu  asnoda  aqidaparastlar  nafaqat  ijtimoiy 

hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda 

psixologik  bosim  o‘tkazib,  eng  mudhish  shakllardagi  zo‘ravonlik  va  agressivlik  mafkurasini  yoyadilar. 

Ushbu  illat  bugun  eng  rivojlangan  mamlakatlar  qatorida  diyorimizga  ham  xavf  solmoqda.  Uning  ta'sir 

doirasi  ayniqsa,  yoshlarimizni  turli  diniy  oqimlarga  jalb  etilishida  yaqqol  namoyon  bo‘layotgani  hech 

birimizga sir emas.  

Bu  kabi  xatarlarga  qarshi  respublikamizda  qator  targ‘ibot-tashviqot  ishlari  olib  borilmoqda.  Mazkur 

tashviqotlar  nafaqat,  OAVlari  orqali  balki,  turli  tashkilotlar,  ayniqsa,  o‘quv  yurtlarida  seminar-trening, 

“davra suhbatlari” ko‘rinishida ham  namoyon bo‘lmoqda. 

Terrorizmga  olib  boruvchi  diniy  ekstremizmga  qarshi ma’rifiy  kurash  olib  borish  lozim,  yoki  yana  ham 

aniqroq  aytilsa,  boshqa  yot  g‘oyalarga  nisbatan  bo‘lgani  kabi  diniy  ekstremizmga  qarshi  ham  yoshlar 

ongida  mafkuraviy  immunitetni  hosil  qilish.  Buning  uchun  ekstremizmni  muqaddas,  ma’rifatli,  bag‘ri 

keng islom dini bilan bog‘lashdek havfli urinishlariga, islomni obro‘yini tushurishga qarshi keng ko‘lamda 

xalqaro kuchlarni birlashtirgan holda kurash olib borish kerak bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan 

BMT,  EXHT,  MDH,  ShHT,  Markaziy  Osiyo  Hamkorligi  tashkiloti  kabi  bir  qator  mintaqaviy  tashkilotlar 

doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarning izchil 

bajarilishi bu boradagi ishlar samaradorligini oshiradi. 

Bugungi  kunda  ekstremistik  oqimlar  uchun  mafkuraviy  bo‘shliq va  qandaydir  biron  norozi  kayfiyatdagi 

auditoriya  qoldirmaslik  lozim.  Sof  islom  ta’limoti  bilan  ekstremitik  oqimlar  g‘oyalari  o‘rtasidagi 

tafovutlarni  chuqur  ilmiy  asosda  tahlil  etish.  Bu  borada  yangi  nashrlarga  e’tibor  berish.  Xuddi  kuchli 

zilziladan oldin havonlar bezovtalangani kabi, atrofimizda  –  mahalla ko‘yda begona shaxslarning paydo 

bo‘lishiga  e’tiborsiz  bo‘lmaslik  lozim.  Farzandlarimiz,  hatto  yoshi  kattalar  faoliyatida  xoh  u  xoh  bu 

tarzdagi o‘zgarishlarga diqqatni qaratish, buning zamirida biron bir katta muammo kelib chiqmasmikin 

degan o‘yda masalani o‘rganish muhim sanaladi. Statistik  ma’lumotlarga ko‘ra, amalga oshmay qolgan 




terroristik  harakatlarning  70  foizdan  ortig‘i  fuqarolarning  o‘zlari  bilib  yoki  bilmagan  tarzda  uni  fosh 

etganlariga  bog‘liq  ekan.  Shu  sababdan  butun  xalqimiz  ana  shu  masalaga  ogohlik  bilan  qarasa, 

terrorizmning dahshatli changaliga bandi bo‘lmaslikning muhim shartlaridan biri bajarilgan bo‘ladi deyish 

mumkin. 


Terrorizmning  tahdidi,  xavfi  va  uning  fojiali  oqibatlaridan  O‘zbekiston  ham  xoli  bo‘la  olmadi.  O‘tgan 

asrning  80-yillarning  oxirida  terrorchilik  xurujlari  u  yoki  bu  ko‘lamda  o‘ziga  xos  xilma-xil  ko‘rinishlarda 

sodir  bo‘lib  turgan  edi.  Biroq,  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng  bu  xurujlar  kengroq  va  xafliroq  tus  ola 

boshladi.  Bunga  1999  yil  16  fevralda  Toshkentda,  1999-2001  yillari  Surxondaryo  va  Toshkent 

viloyatlarida,  2004  yil  Toshkent  shahri  va  Buxoro  viloyatida,  2005  va  2009  yillarda  Andijon  viloyatida 

amalga  oshirilgan  terrorchilik  harakatlari  misol  bo‘la  oladi.O‘zbekiston  o‘z  milliy  manfaatlarini,  dunyo 

davlatlari  manfaatlari  qatori,  qat’iyat  bilan  himoyalaydi  va  bu  manfaatlarga  zid  bo‘lgan  har  qanday 

tahdidlarga  qarshi  xalqaro  hamjamiyat  bilan  birga  kurash  olib  boradi.  Demak,  mamlakatimiz  global 

muammolardan  biri  bo‘lgan  xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurashda  ham  xalqaro  hamjamiyat  bilan 

hamkorlikda harakat qiladi va bu borada munosib o‘rin egallaydi. O‘zbekistonning xalqaro terrorchilikka 

qarshi  kurashdagi  muhim  o‘rni  va  rolini  yorqin  ifodalovchi  dalillardan  biri  yurtboshimizning  eng  yirik 

xalqaro  anjumanlar  minbaridan  turib,  xalqaro  terrorizmning  ko‘lami  jahon  miqyosida  kengayib 

borayotganidan  tashvish  bildirib,  jahon  hamjamiyatini  ushbu  transmilliy  jinoyatga  qarshi  qat’iyat  bilan 

kurash olib borishga da’vat etib kelayotganida ko‘rish mumkin. 

Xalqaro  terrorchilik,  radikal,  tajovuzkor  ekstremizm  va  ayirmachilik,  narkotrafik  va  uyushgan 

jinoyatchilikka  qarshi  kurash  Shanxay  Hamkorlik  Tashkiloti  faoliyatining  eng  muhim  tarkibiy  qismiga 

aylangan.  Aynan  shu  vazifalarni  hal  qilish  uchun  Mintaqaviy  aksilterror  markazning  Toshkent  shahrida 

ochilgani  O‘zbekiston  Respublikasining  terrorchilikka  qarshi  kurashdagi  amaliy  sa’y-harakatlari,  dadil 

tashabbuslarining hissasi katta hisoblanadi. 

Mamlakatimizda nafaqat tashqi siyosatda, balki ichki siyosatda ham ushbu jirkanch hodisa xavfini oldini 

olish  masalalariga  alohida  e’tibor  bilan  qaralmoqda.  Buning  uchun  huquqiy  asos  qo‘yilaginini  alohida 

qayd  etish  zarur.  Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  155-moddasida 

terrorchilikning  ikki  xil  ko‘rinishi:  xalqaro  va  mamlakat  ichkarisidagi  terrorchilik  haqida  so‘z  boradi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  "Terrorizmga  qarshi  kurash  to‘g‘risida”gi  Qonunida  esa  ushbu  xavf-xatar 

quyidagicha  izohlanadi:  "Terrorizm  –  siyosiy,  diniy,  mafkuraviy  va  boshqa  maqsadlarga  erishish  uchun 

shaxsning  hayoti,  sog‘lig‘iga  xavf  tug‘diruvchi,  mol-mulk  va  boshqa  moddiy  ob’ektlarning  yo‘q  qilinishi 

(shikastlantirilishi)  xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki  yuridik 

shaxsni  biron-bir  harakatlar  sodir  etishga  yoki  sodir  etishdan  tiyilishga  majbur  qilishga,  xalqaro 

munosabatlarni  murakkablashtirishga,  davlatning  suverenitetini,  hududiy  yaxlitligini  buzishga, 

xavfsizligiga  putur  etkazishga,  qurolli  mojarolar  chiqarishni  ko‘zlab  ig‘vogarliklar  qilishga,  aholini 

qo‘rqitishga,  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni  beqarorlashtirishga  qaratilgan,  O‘zbekiston  Respublikasining 

Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy 

qilmishlar”. 

Hozirgi  davr  inson  ongi  va  qalbi  uchun  kurash  kuchayganligi  bilan  xarakterlanadi.  Demak,  mavjud 

ma’naviy tahdidlar, mafkuraviy tajovuzlarga qarshi faqat qurol kuchi bilan, huquqiy vositalar bilan kurash 

ko‘zlangan  natijani  bera  olmasligi  Afg‘oniston,  Pokiston,  Iroq  kabi  davlatlarda  bo‘layotgan  voqea-

hodisalar  misolida  anglab  etish  mumkin.  Shuning  uchun  O‘zbekistonda  boshqa  tahdidlar  qatori 

terrorchilik xavfiga qarshi kurashda Prezidentimiz belgilab bergan "g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi 

ma’rifat bilan kurashish” tamoyiliga asoslanmoqda. Bunda fuqarolarimiz orasida targ‘ibot-tashviqotning 



keng  tarmoqlaridan  samarali  foydalangan  holda,  terrorizmning  g‘oyaviy,  siyosiy  shiorlarini  mafkuraviy 

jihatdan fosh qilish asosiy vazifa qilib olingan. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling