Shu nuqtai nazardan qaraganda, “
Er yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga
nisbatan munosabati bilan belgilanadi”, degan hikmatli so‘zlarda albatta chuqur ma’no bor.
Hozirgi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish
yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy
faolligini oshirish davr talabiga aylanmoqda.
Bugungi O‘zbekistonda inson huquqlari, ayniqsa, ayollar huquqlarining himoyasiga, ularning jamiyatdagi
nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganiga hammamiz guvohmiz.
Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Prezidentimiz ayollarni bayram bilan tabriklab ayol zotiga,
uning oiladagi, jamiyatdagi o‘rni, farzandlar ya’ni kelajak tarbiyasidagi ishtirokiga yuksak baho berdi.
Mazkur tabrik yurt rahbarining mamlakat ayollariga nisbatan chuqur hurmat- ehtiromi namunasi bo‘ldi
deya olamiz.
Suyukli qizlarimizni ta’riflab Muhammad Yusufdan keltirilgan satrlar ko‘ngillarimizning tub-tubiga yetib
bordi:
Do'stlaringiz bilan baham: