4-bob. Reja va bozor institutlari
Mulkchilik huquqlarini tafsirlash
Download 63.84 Kb.
|
2-dars. Reja va bozor institutlari.
4.5. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash
Mutaxassislarning hisoblashlaricha, o‘ntagacha bo‘lgan huquqiy an’analar (roman-german huquqiy oilasi, umumiy huquq, musulmon huquqi, xitoy huquqi, afrika huquqi, so‘nggi vaqtlargacha mavjud bo‘lgan sotsalistik huquq va h.k.)da mulkchilik huquqiga va uni o‘rnatish taomiliga nisbatan alohida qarashlar mavjud. Biroq, iqtisodiy agentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bozor tamoyillari nuqtai nazaridan ikkita huquqiy an’ana – umumiy (yoki presedent) huquq va fuqarolik (yoki roman-german) huquqi alohida qiziqish uyg‘otadi. Aynan ushbu huquqiy an’analar YEvropa mamlakatlarida bozor shakllanishining asosida yotadi (umumiy huquq - Buyuk Britaniya va uning mustamlakalarida, shu jumlaan AQShda, fuqarolik huquqi – kontinetal YEvropa mamlakatlarida). Ushbu ikkita an’ana o‘rtasidagi farqlar ancha katta bo‘lib, ular ko‘plab jihatlarga taalluqli. Birinchidan, huquq manbalari bir biridan farq qiladi. Fuqarolik huquqida yangi normalar mavjud qonunlar (konstitutsiya, kodekslar, oddiy qonunlar, reglamentlar va dekretlar)dan deduksiya asosida qabul qilinadi. Umumiy huquqda, aksincha, presedent markaziy rol o‘ynaydi. Presedent deganda an’analar va shularning o‘xshash masalalar bo‘yicha avvalgi qarorlari tushuniladi. Masalan, mulkchilik huquqini oshkora (qonuniy) tarzda da’vogar ushbu huquqni de fakto uzoq davr mobaynida amalga oshirib kelganligini isbotlash asosida ham mustahkamlash mumkin. YErga nisbatan oshkora mulkchilik huquqi, uning amaldagi foydalanuvchisiga 12-20 yillik davr mobaynida foydalanish bo‘yicha, agar shu vaqt ichida boshqa hech kim mulkchilik uchun undanda asosliroq da’vo qilmasa, mustahkamlanadi. Ikkinchidan, ikkala an’ana bir biridan sudyaga huquqiy qaror qabul qilish uchun beriladigan daraja bilan farq qiladi. Fuqarolik huquqida sudyaning xatti-harakatini «qonunga bo‘ysunish» atamasi bilan belgilash mumkin: uning vazifasi bahs-munozarali vaziyatni eng asosli tarzda yorituvchi huquqiy normalarni topish va qo‘llashdan iborat. Umumiy huquq sudyaga o‘z harakatlarida katta erkinlikni beradi – u nafaqat mavjud huquqiy normalar talqinchisi, balki ma’lum ma’noda (presedent orqali) uning yaratuvchisi hamdir. Sudya adolatli qaror chiqarish yo‘lini tutishi lozim, lekin bu qarorni qidirish jarayonida u nafaqat mavjud normalariga, balki adolatning sub’yektiv mezonlariga ham murojaat etishga haqli. Umumiy huquqda sud qarorlarini shaxslashtirish mexanizmi aynan sub’yektiv omil asosida quriladi. Biroq, umumiy huquqning fuqarolik huquqidan biz uchun eng ahamiyatli farqi mulkchilik huquqining talqin etilishidan iborat. Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, qator Bolqon mamlakatlarining fuqarolik kodekslarining asosi bo‘lgan Napoleon Kodeksi (1804 y.)dan boshlab, mulkchilik huquqlari, roman-german an’anasida yagona, cheklanmagan va bo‘linmas huquq sifatida ko‘rib chiqiladi. Bu shuni nazarda tutadiki, faqat uchta asosiy huquq - egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi va tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan bir kishi qandaydir resursning mulkdori bo‘lishi mumkin. Bir resursga nisbatan mulkchilik huquqi ikkita va undan ko‘p sub’yektlar o‘rtasida taqsimlangan vaziyat feodalizm qoldig‘i va ushbu tuzumga xos bo‘lgan yer egasi - qirol tomonidan undan foydalanish huquqini o‘zining vassallariga o‘tkazish sifatida istisno etildi. Umumiy huquq huquqlarning murakkab «tutami» sifatida mulkchilik konsepsiyasidan kelib chiqadi, bunda bir resursga bo‘lgan huquq turli insonlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash resursning yagona va mutlaq mulkdorini belgilashni emas, balki har bir huquqqa aniq belgilangan mulkdorning biriktirilishini nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, har bir huquqda o‘zining mutlaq egasi mavjud bo‘lgan taqdirda, mulkchilik huquqi to‘liq tafsirlangan hisoblanadi. Angliyalik huquqshunos A.Onore mulkchilik huquqlari bo‘yicha huquqlar «tutami»ni ishlab chiqib, har bir huquqning xususiyati bo‘yicha quyidagi ta’riflarni taklif etgan: egalik qilish huquqi – «mulk ustidan jismoniy nazorat va mulkdorning vakillari, agentlar orqali mutlaq nazoratni amalga oshirish istagi»; foydalanish huquqi – ashyodan (narsadan) shaxsan foydalanish huquqi; tasarruf etish yoki boshqarish huquqi – ashyo qanday va kim tomonidan foydalanilishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi; o‘zlashtirish huquqi yoki daromad olish huquqi – ashyodan avvalgi shaxsiy foydalanishdan yoki boshqa shaxsga undan foydalanishga ruxsat etishdan kelib chiquvchi boyliklarga egalik qilish; qoldiq qiymat huquqi – ashyoni begonalashtirish, iste’mol qilish, sotish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilish huquqi; xavfsizlik huquqi – ekspropriatsiyadan immunitetni kafolatlovchi huquq; ashyoning meros bo‘yicha yoki vasiyat bo‘yicha o‘tishi huquqi; muddatsizlik – agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, huquqlarga egalik qilishning vaqtga ko‘ra cheklanmaganligi; zararli foydalanishni taqiqlash huquqi – agar bu salbiy tashqi ta’sirlarni keltirib chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, ashyodan foydalanishni taqiqlash huquqi; undirish ko‘rinishidagi javobgarlik - qarzni to‘lash uchun ashyoni olib qo‘yish imkoniyati; qoldiq xususiyati – kimgadir berilgan huquqni uni o‘tkazish muddati tugaganidan keyin «tabiiy» qaytarilishini kutish. Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini tafsirlashga nisbatan bunday yondashuv ancha moslashuvchan bo‘lib, bu uni bozorda murakkab bitimlarni tuzishda, individlar o‘rtasida resurslardan foydalanish borasida har qanday murakkab o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda o‘ta samarali vositaga aylantiradi. Masalan, yollash bo‘yicha har qanday bitim huquqlar «tutami»ning «qismlarga ajralishini» va ijarachi tomonidan uning bir qismiga (kamida foydalanish huquqiga) ega bo‘linishini nazarda tutadi. Huquqlar «tutami»ning yanada murakkab ko‘rinishlari mulkning trast boshqaruvi, lizing, franchayzing va tijort faoliyatini tashkil etishning boshqa murakkab shakllarini qo‘llash chog‘ida yuz beradi. Xulosa Normalar individlarning o‘zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining asosiy kafolati hisoblanadi. Iqtisodiyot konstitutsiyasi deb individlarning iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi normalar tizimiga aytiladi. Buyruqbozlik va bozor tizimlarida iqtisodiyot konstitutsiyasining normalari o‘zaro zid holda amal qiladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar (oddiy utilitarizm, maksimal shaxslashtirish, «sen – menga, men - senga», qonunga tilda buysunish) tizimi surunkali taqchillik, ya’ni resurslarning yetishmasligini namoyon etadi. Bozor konstitutsiyasi – bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o‘zaro shartlangan normalari (murakkab utilitarizm, ratsional maqsadli fe’l-atvor, depersonifikatsiyalangan ishonch, empatiya, legalizm) yig‘indisini tashkil etadi. Individlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi noaniqlikni kamaytiruvchi institutlardan biri mulkchilik huquqlari hisoblanadi. Huquqiy an’analarda asosan, umumiy va fuqarolik huquqlari tahlil qilinadi. Fuqarolik huquqidagi yangi normalar mavjud qonunlar (konstitutsiya, kodekslar, oddiy qonunlar, reglamentlar va dekretlar)dan deduksiya asosida qabul qilinadi. Umumiy huquqda, aksincha, presedent markaziy rol o‘ynaydi. Presedent deganda an’analar va shularning o‘xshash masalalar bo‘yicha avvalgi qarorlar tushuniladi. Download 63.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling