4-Bosh miya fiziologiyasi, miyaning tarkibiy va funktsional xususiyatlari va uning asosiy funktsiyalari individual tuzilmalar misolida


O'rta miya jarohatlanganda yoki kasallikka duchor bo'lganda muskullar kuchli qisqarib, oyoq-qo'llar bukilmaydi


Download 0.86 Mb.
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1304688
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Bosh miya fiziologiyasi, miyaning tarkibiy va funktsional

O'rta miya jarohatlanganda yoki kasallikka duchor bo'lganda muskullar kuchli qisqarib, oyoq-qo'llar bukilmaydi.
ORALIQ MIYA
Fiziologiyasi. Ko'rish do‘mbog‘i po‘stloq osti sezgi yadrosi bo'lib, barcha sezgi impulslari, afferent nervlar ana shu yadroga keladi. Odam organizmining barcha sohasidan sezgilar ko‘rish do‘mbog‘iga kelib, analiz-sintez qilinadi. Natijada ko'rish do‘mbog‘ida ba’zi sezgilar yumshab, boshqalari esa kuchaytirilib, miya po‘stlog‘iga uzatiladi. Ko‘rish do‘mbog‘i kasallangan yoki jarohatlanganda organizmdan ko'rish do‘mbog‘iga kelgan sezgilar zo'rayib, oshib miya po‘stlog‘iga boradi-da, odamning g'azabini oshiradi. Odam arzimagan gapga kuladigan yoki sababsiz yig'laydigan bo’ladi. Odamda mimika o‘zgaradi, ichki a’zolarda og‘riq kuchayadi. Bu vaqtda yurak urishi, nafas tezlashib, qon bosimi ko‘tariladi. Bosh og'rib, uyqu buziladi, odam g‘ayriixtiyoriy harakatlar qiladi.
Ko‘rish tanasi o'zidan pastda joylashgan uzunchoq va orqa miya yadrolari bilan miya yarimshari bag'rida joylashgan barcha po'stloq osti harakatlanuvchi yadrolari bilan nervlar orqali bog‘liqdir. Po‘stloq osti sohasi barcha vegetativ funksiyalarni tartibga soladigan po‘stloq osti yadrosi bo'lib, organizm ichki muhitining doimo bir xilda bo'lishini idora etadi. Yog‘lar, oqsillar, uglevodlar va suv-tuz almashinuvi jarayoni, gavda haroratining bir xilda bo'lishini ta’minlaydi. Po‘stloq osti sohasi jarohatlanganda gavda harorati o‘zgaradi.
Simpatik va parasimpatik nervlarning po‘stloq osti markazi ham gipotalamusda joylashgan. Jumladan, gipotalamusning oldingi qismida ichak peristaltikasi kuchayadi, shiraning chiqishi oshadi, yurak urishi pasayadi. Gipotalamusning orqa qismida simpatik nerv sistemasining yadrolari bo’lgani uchun ularni ta’sirlaganda yurak urishi tezlashadi, qon tomirlar devori torayib, qon bosimi ko‘tariladi.
Gipotalamus qon haroratini, qon tarkibini bir xilda saqlashda muhim rol o'ynaydi. Ovqatlanish va suyuqlik shimilish jarayonlari ham gipotalamus tomonidan ta’minlanadi. Gipotalamus kasalligida haddan tashqari ko‘p suv ichish, ko‘p ovqat iste’mol qilish kuzatiladi, suv-tuz almashinuvi jarayoni buzilib, ko‘p miqdorda siydik ajraladi, bunga
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling