VIII juft — dahliz-chig'anoq nervi — eshitish va muvozanat
IX juft — tilyutqin nervi — og’iz bo’shlig’i sezgisi, yutish efferent signallar, qon tomirlari baro va xemoretseptorlari, so’lak bezi sekretsiyasi
X juft — adashgan nerv — ko’pchilik ichki o’rganlari sezgisi, mushaklar va bezlarning efferent signallar
XI juft — qo'shimcha nerv — bo‘yin va yelka mushaklari
XII juft — til osti nervlari — til mushaklari harakatlari
I juft — hid bilish nervi ipchalari
II juft
ko'rish nervi
VII juft
yuz nervi
Юз нерви орлиқ қисми
VIII juft
dahliz-chig'anoq nervi
IX juft
tilyutqin nervi
X juft adashgan nerv
XI juft qo'shimcha nerv
XII juft
til osti nervlari
V juft
uch shoxli nerv (harakatlantiruvchi)
III juft ko'zni harakatlantiruvchi nerv
IV juft g'altak nervi
VI uzoqlashtiruvchi nerv
V juft
uch shoxli nerv (sezuvchi)
Miya tubidan chiqqan 12 juft bosh miya nervlari
UZUNCHOQ MIYA
Uzunchoq miya uzunligi 25—30 mm piyoz shaklida bo'lib, ensa suyagining ichidagi nishabda joylashgan. Uning orqa chegarasi ensaning katta teshigi ro‘parasida bo‘lib, orqa miyaga o‘tib ketadi. Old tomondan miya ko‘prigiga qo‘shilib turadi. Uzunchoq miya tuzilishi jihatdan orqa miya tuzilishiga o‘xshaydi. Uni old va orqa tomonida joylashgan o'rta egat ikkita pallaga ajratadi. Har ikki palla o'z navbatida orqa tomonidan o ‘tgan yonbosh egatlar orqali tizirnchalarga ajralgan.
Fiziologiyasi. Uzunchoq miya yadrolarida nafas olish, yurak va tomir qon harakatlarini bajaradigan nerv hujayralari joylashgan. Bulardaa tashqari, muskullar tonusini idora etib, odam muvozanatini ta’minlaydi. So‘lak ajratish, ovqatni yutish, ichaklardagi bezlardan ichak suyuqligini ajratish, yo'talish, aksirish va qayt qilish, yosh oqishi kabi funksiyalar ham rombsimon chuqurchada joylashgan yadrolarga bog‘liq. Agar bu chuqurchada qon aylanishining buzilishi yoki qon tomirlari yorilib, qon quyilishi sodir bo‘lsa, nafas olish va qon aylanishi buziladi. Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa o‘tkazish yoylaridan iborat. Uzun tolalar bosh yoki orqa miyadan keladi va turlicha o‘tkazish yo‘llarini hosil qiladi. Kalta tolalar esa uzunchoq miyaning ichida joylashgan yadrolarni bir-biri bilan bog'laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |