qand kasalligi deyiladi. Gipotalamus gipofiz faoliyatini ham boshqaradi.
Paraventi-
kulyar yadro
Epifiz
Voronka Yadrosi
Neyrogipofiz
Adenoogipofiz
Superxiazmatik
yadro
Bosh miya, ayniqsa uning po'stloq qavatida joylashgan hujayralar organizmning barcha vazifalarini boshqaradi va ularning o‘zaro hamda tashqi muhit bilan organizmning uzviy munosabatini boshqarib tartibga soladi. Miya xotira, ong va aqliy faoliyat a ’zosidir. Miya po‘stlog‘i fiziologiyasini o'rganishda I. P. Pavlov po ‘stloqni qisman kesib olish, elektr va kimyoviy moddalar ta’sir ettirish, miya biotoklarini yozib olish va shartli reflekslarini qo'llash kabi usullar orqali juda ko‘p ma’lumotlarni aniqladi va isbotlab berdi. Olimning fikricha, odamning fe’l-atvorini o ‘rganishda shartli refleks muhim rol o'ynaydi.
Miya yarimsharlari kasallansa yoki jarohatlansa, odam hayotda orttirgan barcha individual harakatlari, shu jumladan shartli reflekslar ham yo‘qoladi. Miya yarimsharlari po‘stlog‘ida joylashgan turli sezgi zonalari assosiatsion tolalar yordamida o‘zaro bog'lanib (o‘qish, yozish, gapirish, fikrlash, xotirlash), impulsni analiz qiladi va kerakli javobni yuzaga chiqarib, ishchi a’zolarga yetkazadi. Agar assosiatsion birlashmalar buzilsa, unda odam narsalarni tanib olish, o‘rgangan harakatlarni bajarish kabi faoliyatlarni yo'qotadi. Xatni o‘qiy olmaydi, eshitgan so‘zlarning ma’nosini tushunmaydi.
Chap tomondan pastki peshona pushtasining orqa qismi shikastlanganda esa odam gapning ma’nosini tushunsa ham gapira olmaydi. Po‘stloqning ustki chakkasi pushtasi kasallanganda odam gapning ma’nosini anglamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |