4-Bosh miya fiziologiyasi, miyaning tarkibiy va funktsional xususiyatlari va uning asosiy funktsiyalari individual tuzilmalar misolida


ORTQI MIYA Ortqi miya miya ko‘prigi


Download 0.86 Mb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1304688
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Bosh miya fiziologiyasi, miyaning tarkibiy va funktsional

ORTQI MIYA
Ortqi miya miya ko‘prigi va miyachadan iborat. Ko‘prik ko‘ndalang joylashgan tolalardan tuzilgan bo‘lib, miya tubining orqa tomonida joylashgan. Ko‘prik old tomondan miya oyoqchalariga, orqa tomondan uzunchoq miyaga qo‘shilib turadi va qo‘shni a’zolar bilan ko‘ndalang joylashgan egatchalar orqali chegaralanib turadi.
Ortqi miya oq moddalarida joylashgan afferent va efferent nervlar orqali periferiyani bosh miya po‘stloq qavati bilan bog‘laydi — haqiqiy ko‘prik vazifasini bajaradi.
Milk, chaynov muskullari faoliyatini ta’minlaydi. Burun va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida joylashgan retseptor orqali sezgi impulslarini qabul qiladi va idora etadi.
MIYACHA
Miyacha (kichik miya) bosh miyaning katta bo‘laklaridan biri bo‘lib, og‘irligi 120— 150 g gacha. Miyacha bosh miya ensa qismining ostida, bosh skeletining ichki yuzasidagi maxsus orqa chuqurchada joylashgan. Miyachaning ostida miyacha ko’prigi bilan uzunchoq miya turadi. Miyachani ikki yon tomonidagi miyacha yarimsharlari o‘rtasida joylashgan miyacha chuvalchangi birlashtirib turadi. Odatda, ustki va pastki chuvalchanglar tafovut etiladi.
Fiziologiyasi. Yadrolar odam yurishini, tana muvozanatini tik ravishda boshqarib turish uchun xizmat qiladi. Miyacha shikastlansa yoki ensaga qattiq narsa tegsa, odam muvozanati yo‘qolib, tikka tura olmaydi. Skelet muskullari tartibsiz qisqarib, tebranma yoki poyma-poy harakatlar qiladi. Bu vaqtda muskullardan borgan impulslarni to‘g‘ri tahlil qilish qobiliyati miyachada yo’qoladi. Bunday sharoitda vegetativ funksiyalar (qon tomirlar tonusi, harorat va ovqatlanish jarayonlari) ham izdan chiqadi.
L.A.Orbelining tasdiqlashicha, “miyacha - skelet muskulaturasini va vegetativ a’zolar faoliyatini boshqarishda bosh miya po‘stlog‘ining yordamchisidir”. Miyacha faoliyati izdan chiqqanda odam ko‘zini yumib tik tura olmaydi, ko‘rsatkich barmog‘ini burniga to‘g‘ri tegizish qobiliyati yo‘qoladi. Odam nutqi buzilib, bo‘lib-bo‘lib so'zlaydi.
O’RTA MIYA
O'rta miya miya oyoqchalari, to'rt tepalik plastinkasi, ularning yelkalari orasida joylashgan miya suv yo'lidan iborat. To'rt tepalik yoki orqa miya tomi oldingi miya chodiri bilan shishsimon tana orasida (qadoq tana orqasida) joylashgan. Bu plastinkada to'rt tepalik bo'lib, ularning ustki ikkita tepaligi ko'rish yo'lining po'stloq osti markazi, pastki ikkita tepaligi esa eshituv yo'lining po'stloq osti markazi hisoblanadi.
Fiziologiyasi.
Muskullar tonusini tartibga solib, odam muvozanatini saqlash va yurishda faol qatnashadi.
To‘rt tepalikning ustki do‘mboqchalari yadrosi ko‘zning to‘r pardasidan impulslarni qabul qilib, kerakli javob yuboradi, ya’ni, yorug‘likka qarab, boshni burishda qatnashadi.
Ko‘zga nur yo'nalishiga qarab ko‘z qorachig‘ining kengayishi yoki torayishini, ko‘z gavharining holatini atrof-muhitni aniq ko‘rishga moslashtiradi (akkomodatsiya).
To‘rt tepalikning pastki do‘mboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni tovushga nisbatan moslash, boshni tovush kelgan tomonga burishni idora qiladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling