4-bosqich 019-86-guruh talabasi Ashurov Azizbek “informatika o’qitish metodikasi ” fanidan «10-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o`quv-uslubiy majmua yaratish metodikasi»


Download 0.97 Mb.
bet10/15
Sana03.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1150158
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Azizbek

Kvantlash printsipi: materialni minimal xajmdagi modullardan iborat bo’limlarga bo’lish.
To’lalik printsipi: Har bir modulda kompanentlar mavjud bo’lishi kerak:

    • nazariy yadro;

    • nazariy savollar;

    • misollar;

    • mustaqil echish uchun masala va misollar;

    • butun modul bo’yicha javoblari keltirilgan savollar;

    • nazorat ishi;

    • yordamchi ma’lumotnomalar;

    • kommentariylar.

Ochiqlik printsipi: Har bir modulda mtanlarni yangi tushuncha va usllarni o’zlashtirishni engillashtiruvchi vizual kadrlar bo’lishi kerak.
Tarmoqlanish printsipi: Har bir modul gipertekst ilovalar bilan boshqa modullar bilan bog’langan bo’lib, axborotlarni o’zlashtirish ketma-ketligini nazarda tutadi.
Boshqarish printsipi: o’quvchi kadrlar almashinishi o’zi boshqaradi, kerakli murakkablik darajadagi misollarni ochib, o’zini tekshirish mumkin.
Adaptatsiya printsipi: elektron darslik o’quv jarayonining ma’lum paytdagi o’quvchi ehtiyojini qondirish lozim.
Kompyuter yordami printsipi: elektron darslikni ishlatayotgan Har bir paytda kompyuter yordamini olish mumkinligi (murakkab matematik hisob, lug’at, o’z bilim savyasini tekshirish va boshqalar).
To’plash printsipi: yagona elektron komplekslarda va bibiliotekalarda joylashtirish va ularga yangi bo’lim va temalar bilan kengaytirish formatida bajarilgan bo’lishi lozim.
Ketirilganlardan xulosa sifatida: elektron darslik kimga va nima uchun kerak? savoliga javob beraylik.
Elektron darslik kunduzgi, sirtqi va masofaviy tarzdagi o’quvchilarning mustaqil ishlash uchun zarur, chunki:

  • o’qilayotgan materiallarni chop etilgan o’quv darsliklardan o’zga, boshqa usullar (qabul etish yo’llari oshishi) qo’llash munosabati bilan o’zlashtirishni engillashtiriladi;

  • o’quvchining talablari va tayyogarlik, intellektual darajasiga moslanadi;

  • murakkab Hisob-kitoblarda vaqtning tejalishi hisobiga fanni chuqurroq o’zlashtirishga sharoit yaratiladi;

  • ishning har bir bosqichida o’zini tekshirish uchun keng sharoitlar yaratiladi;

  • bajarilgan ishni zamonaviy shaklda fayl yoki printerda chop qilishga sharoit yaratiladi;

  • chegaralanmagan sonli tushuntirish, takrorlash va yordamchi materiallar taqdim etib, sabrli murabbiy vazifasini bajaradi.

Elektron darslik maxsus auditoriyadagi amaliyot darslarida yordam beradi, chunki:

  • turli masalalarni echishda kompyuter yordamini ishlatish va shuning uchun vaqtni

  • tejash mumkin;

  • o’qituvchilarga mashg’ulotlarni kompyuterlarda mustaqil ishlar shaklida o’tishi

  • mumkin;

  • o’qituvchilarga kompyuter yordamida o’quvchilar bilimini tez va samarali baholash,

  • nazorat ishlarni murakkabligini boshqarishi mumkin;

Elektron darslik o’qituvchilar uchun ham qulay, chunki;

  • nazariy va amaliy mashg’ulotlarda asosiy tushuncha va g’oyalarni tushuntirishga ko’proq vaqt ajratiladi;

  • murakkab hisobli nazorat ishlari kompyuter yordamida tekshiriladi;

  • auditoriyada va uyda bajariluvchi tposhiriqlar nisbatini aniqlaydi;




    1. Download 0.97 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling