4-bosqich 019-86-guruh talabasi Ashurov Azizbek “informatika o’qitish metodikasi ” fanidan «10-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan elektron o`quv-uslubiy majmua yaratish metodikasi»
Download 0.97 Mb.
|
Azizbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- EO’UMda
EO’UMdan foydalanishda bilimlarni o’zlashtirish mustahkamligi talablari – talabalarning o’quv materialini mustahkam o’zlashtirishlari uchun,
ularni chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. EO’UMda o’qitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funktsiyalari bajarilishi talablari. Ta’lim vazifasidagi an’anaviy nashrlarga qo’yiladigan didaktik talablardan tashqari, EO’UM yaratish va joriy qilinishida zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarning ustunliklaridan foydalanish kabi quyidagi o’ziga xos didaktik talablar qo’yiladi: Moslashuvchanlik talablari – EO’UM ta’lim oluvchi individual imkoniyatlariga, ya’ni o’qitish jarayonida ta’lim oluvchi bilimlari, ko’nikmalari va psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan bo’lishi kerak. EO’UM moslashuvchanligining uchta darajasi mavjud. Birinchi darajasi o’quvchilarning o’zlariga qulay bo’lgan individual tempiga mos holda o’quv materialini o’rganish imkoniyati hisoblanadi. Ikkinchi darajasi - ta’lim oluvchi holatining diagnostik tahlili hisoblanadi, uning natijalari asosida, ta’lim berishning mazmuni va uslubi taklif etiladi. Uchinchi darajasi - ochiqcha yondashuvga asoslanadi, unda foydalanuvchilarning guruhlanishi ko’zda tutilmaydi va mualliflar ta’lim oluvchilarning imkoni boricha ko’proq kontingenti uchun, iloji boricha ko’proq variantlarini ishlab chiqishlari tavsiya etiladi. O’qitishning interfaollik talablariga o’qitish jarayonida ta’lim oluvchi bilan EO’UMning o’zaro hamkorligini ta’minlash kiradi. EO’UM vositalari interfaol muloqot va teskari aloqani ta’minlashi kerak. Muloqotni tashkil etishning muhim qismi bo’lib, foydalanuvchi harakatiga EO’UMning reaktsiyasi hisoblanadi. Teskari aloqa nazoratni amalga oshiradi, keyingi bajariladigan ishlar bo’yicha tavsiyalar beradi, ma’lumotnoma va tushuntiruvchi axborotlarga doimiy kirishishni amalga oshiradi. EO’UMning o’quv axborotini taqdim qilishida kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish talablari. Zamonaviy elektron vositalar imkoniyatlari o’quv axborotini namoyish qilish sifatini tahlil qilishni ko’zda tutadi. EO’UM bilan ishlashda ta’lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talablari. Fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov berish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. EO’UM – o’quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funktsional bog’liqligi talablarini bajarishi kerak. EO’UM – ta’lim berishning to’liqligi va uzluksizligini ta’minlashi kerak. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling