Kurs ishining maqsad va vazifalari: Umumiy o’rta ta’limda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Kurs ish predmeti va obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktabida informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi.
- axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;
- zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishi va qo’llash imkoniyatlari bilan tanishtirish;
- kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- kompyuterda masalalar echish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko’nikmalarni shakllantirish;
- asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish;
- kompyuterning dastur ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish;
- o’qish davomida ega bo’lingan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv masalalarini echishda foydalana olish;
\
Do'stlaringiz bilan baham: |