Muammoga baho berish. Muammoga baho berish jarayoni o‘z ichiga uni hal qilish uchun zarur bo‘lgan barcha yechimlarni topishni talab qiladi. Ushbu yechimlar qatoriga muammo va fan imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiqot metodlarini (usullarini), axborot manbaini, ijodiy guruh tarkibini, muammoni hal qilish uchun zarur tashkiliy yechimlarni, moliyalashtirish manbaini, dasturning ilmiy muhokama turlarini va tadqiqot uslublarini aniqlash, oraliq va yakuniy natijalar hamda zarur bo‘lgan ilmiy asbob-uskunalar ro‘yxatini, kerakli maydonlar, ilmiy-amaliy kooperatsiyaning potensial hamkorlarini aniqlash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |