Shaxsiy faoliyatni retrospektiv tahlil qilish
Tadqiqot natijalarining ilmiy omma tomonidan baholanishidan tashqari, tadqiqotchining o‘z ishini baholashi, retrospektiv tahlil va refleksiya qilishi muhim hisoblanadi.
Avvalroq ta’kidlanganidek, shaxsiy harakatlarni baholash va refleksiya qilish, barcha tadqiqot faoliyatini ilmiy ishning rivojlanishiga olib keladi: tadqiqotchining fikridan uning natijalarini publikatsiya qilishgacha bo‘lgan vaqt – ilmiy-tadqiqot faoliyatining spetsifikasi hisoblanadi.
Ilmiy refleksiya
Ilmiy (yoki nazariy) refleksiya tizimli ilmiy bilim ustidan nazariy ana-lizni bildirib, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirishni ide-allashtirishdan iborat. Ilmiy refleksiyaning natijasi – yangi bilimlar tizimidir va u real bog‘liqliklarni ko‘rsatadi. Oldingi bilim tizimi refleksiyalash, yangi bilimni yaratadi. Ana shunday nazariy refleksiya bilan Galiley Arastuning dunyo haqidagi qarashlarini o‘zgartirdi, A. Eynshteynning ehtimoliylik nazariyasi klassik mexanikaning yangi qirralarini ochdi. Bundan, ilmiy refleksiya – eski va yangi bilimlar, nazariyalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik ekanligi kelib chiqadi. Ilmiy refleksiyaning asosiy uslubi – retrospektiv tahlil hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot yakunlanishining refleksiv fazasi bu ilmiy faoliyatning sikli tugallanib, yangi ilmiy loyiha boshlanishi demak.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
“Baho” va “refleksiya” tushunchalariga ta’rif bering.
Elementar va ilmiy refleksiya.
Natijalarni va o‘z-o‘zini baholash.
Talab etilish, omma tomonidan e’tirof etilishi, ilmiy muloqot, shaxsiy ishning retrospektiv tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |