4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Nazariya (konsepsiya)ning mantiqiy tuzilma(struktura)sini qurish


Download 91.81 Kb.
bet28/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

Nazariya (konsepsiya)ning mantiqiy tuzilma(struktura)sini qurish

Birinchidan, “fan nazariyasi” va “ilmiy nazariya” tushunchalarini farq-lab olish lozim. Fan nazariyasi deb tegishli fan sohasi nazariy bilimlari-ning yaxlit holati tushunilib, bularga – fizika, biologiya va boshqalar ki-radi. Shu bilan birga, har bir ilmiy sohada ko‘plab ilmiy nazariya(konsepsiya)lar mavjud bo‘lib, ular fanning predmetiga oid va uning turli jihatlari-ni tushuntirib, ya’ni tabiati bo‘yicha har bir doktorlik dissertatsiyasi ishi yaxlit nazariya (konsepsiya)ni tasvirlaydi. Ya’ni, fan nazariyasi ko‘plab ilmiy nazariyalar to‘plami, majmuidir. Ilmiy nazariya (konsepsiya)ning mantiqiy tuzilmasini tuzish jarayoni ikki bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich – induksiya bosqichi hisoblanib, aniqlikdan mavhumlikka o‘tish. Qachonki, tadqiqotchi o‘z nazariyasining markaziy tizimini aniqlashi lozim bo‘lsa, konsepsiyani, aksiomalar tizimi, aksiomalar talabi yoki yagona tadqiqot yo‘nalishini ajratib olishi kerak.

Shuni ta’kidlash lozimki, “konsepsiya” atamasi ikki ma’noda, birinchidan, yetakchi g‘oya sifatida, ikkinchidan, nazariya sinonimi sifatida qo‘llaniladi.

Induksiya bosqichida, tadqiqotchi o‘zida mavjud bo‘lgan barcha natijalarni (masalan, obyekt va predmet haqidagi to‘plagan bilimlarni,), ya’ni nima qiziqarli bo‘lsa, shuni keng tasvirlaydi (tadqiqot ishining boshida: muammo holati, ma’lum ma’lumotlar tahlili qismlarida). Tasvirlash jarayonida tuzilgan tasnifga asoslangan holda faktlarni birlamchi guruhlash sifatida umumlashtiradi. Ikkilamchi umumlashda (bu safar ham aniq asoslarga rioya qilgan holda) aniqlikdan mavhumlikka o‘tish – hamma natijalar mualliflik konsepsiyasiga o‘tgunga qadar davom ettirilib, 5-7 qatordan iborat bo‘lgan, amalga oshirilgan barcha ishning yaxlit natijasini qisqacha tasvirlashi lozim.

Tadqiqotchi induksiya bosqichini tugallab, markaziy tizimlashgan bo‘-g‘inni shakllantirish va aniqlash – tadqiqot yo‘nalishi konsepsiyalari, aksi-omalar tizimi va shu kabilarni aniqlab olib, deduktiv, ya’ni aniqlashtirish, mavhumlikdan konkretlikka o‘tish jarayonini boshlaydi. Konsepsiya shakl-lanishining bu bosqichida prinsiplar, omillar, shartlar (shartlar guruhi), modellar, mexanizmlar va boshqalar yaxlit holda shakllanadi. Ayrim vaziyatlarda, tadqiqot muammosi bir necha mustaqil aspektlardan tashkil topgan bo‘lsa, konsepsiya bir necha konseptual holat bo‘yicha, ular esa o‘z navbatida yaxlit prinsiplar shaklida rivojlanadi. O‘z navbatida, masalan, prinsiplar modellar guruhi, vazifalar turi va boshqalar bo‘yicha rivojlanishi mumkin. Shu tarzda mantiq, ya’ni nazariyaning mantiqiy strukturasi shakl-lanadi. Bu sxemani tadqiqotchi bir necha marta siklik holatda o‘tishi, tekshirib va qayta tekshirib, o‘z tadqiqot mantiqini aniqlashi lozim.

Shunday qilib, nazariya (konsepsiya) – bu tadqiqot ishining o‘zini-o‘zi shakllantiruvchi markaziy elementi hisoblanib (asosiy g‘oya, aksiomalar tizimi va boshqalar), uning konseptual holatini va nazariya tuzilmasi elementlarining boshqa konstruksiyalarini aniqlaydi.

Nazariya tuzilmasining elementlari quyidagilar: algoritm, apparat (didaktik, tushuncha va boshqa apparatlar); tasniflar; mezonlar; metodikalar; uslublar; mexanizmlar (mexanizmlar guruhi); modellar (bazisli, bashoratli, grafikli, ochiq, yopiq, dinamik, modellar majmui va boshqalar); yo‘nalish; asoslash; dalil; asoslar; paradigmalar; o‘lchamlar; davrdan o‘tish; yo‘nalishlar, tushunchalar (takomillashayotgan tushuncha, tushunchalar tizimi va boshqalar); vositalar; prinsiplar; dasturlar; amaliyotlar; yechimlar; tizimlar (iyerarxik tizimlar, umumlashgan tizimlar va boshqalar); tarkibi; sxemalar, tuzilmalar; yo‘l, xatti-harakatlar; fazalar; ma’no; taksonomiyalar; o‘zgarishlar; texnologiyalar; tipologiyalar; shartlar; sharoitlar; omillar (tizimni shakllantiruvchi omillar va boshqalar); shakllar (shakllar jamlanmasi va boshqalar); funksiyalar; tafsiflar; maqsadlar (maqsadlar yaxlitligi, maqsadlar iyerarxiyasi); bosqichlar; etaplar va boshqalar.

Umuman olganda, nazariya(konsepsiya)ning umumiy mantiqiy tuzilmasi bir xil deb aytish mumkin.


Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling