4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish


Download 91.81 Kb.
bet26/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

4.3.2. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish

Ilmiy manbalar bilan doimiy ishlash – butun ilmiy faoliyatning ajralmas qismi. Ilmiy adabiyotlarning o‘zi esa, ilm amal qilinishi va rivojlanishida o‘ta muhim va ular kommunikatsiya manbai sanalib, olimlar orasidagi ilmiy muloqotni ta’minlaydi. Ilmiy manbalarning u yoki bu turlari har xil funksiyalar bajarishini hisobga olish zarur bo‘lib, amalda bular ilmiy bilim rivojining turli bosqichlarini ifodalaydi.

Masalan, dastlab yangi ilmiy faktlar, g‘oyalar va nazariyalar simpozi-um, syezd, seminar va ilmiy konferensiyalarning chop etiladigan tezislar to‘plamida paydo bo‘lib, tez tarqaladi. Keyin ular tizimlashgan va tanlan-gan holda jurnal va to‘plamlarda ilmiy maqolalar sifatida chop etiladi. Keyinchalik esa, faktlar, g‘oyalar nazariyalar yanada chuqurroq birlashti-rilgan, tizimlashgan holda monografiyalar shaklida nashrdan chiqadi. Ni-hoyat, faqat fundamental, umumiy va bir necha marta tekshirilgan ilmiy bilimlarning yangi komponentlari oliy o‘quv yurtlari va maktab darslik-lariga kiritiladi.

Ilmiy bilim tasdiqlanishi va harakatining bu kabi dinamikasini tadqiqotchi ilmiy adabiyotlar bilan ishlashda inobatga olishi zarur bo‘lib, ya’ni adabiyotlarni ularning muhimligi, to‘g‘riligi va jahondagi tutgan salohiyatiga qarab farqlash lozim.



Adabiyotlar bilan ishlashning boshlang‘ich bosqichidan boshlab har bir tadqiqotchi adabiyotlar ro‘yxatini tuzishga kirishadi. Adabiyotlar bilan ishlashning to‘liq uslubi turli qo‘llanmalarda berilganligi sababli mazkur qo‘llanmaning ilovasida adabiyotlar ro‘yxatini tuzish namunasi keltirilgan, xolos (3-ilova).

Har bir ilmiy xodim o‘zi bajarayotgan muayyan ish uchun asosi bo‘lgan ilmiy konsepsiya va nazariyalarni aniqlashi zarur. Bu yerda gap, bir, ikki, uch va ko‘pi bilan to‘rtta kopsepsiya haqida borib, ular (e’tirof etilgan) yirik olimlarga tegishli bo‘lishi kerak. Gap shundaki, fan sohasida tur-li ilmiy maktablar mavjud bo‘lib, ular o‘z qarashlarini har xil pozitsiyadan asoslaydilar. Bu ilmiy maktablar, tamomila farqli xil qarashlarga, ba’zan ilmiy jihatdan ziddiyatli qarashlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Bu hol (har xil ilmiy maktablarning faoliyat olib borishi) ilm sohasining obyektiv rivojlanishi uchun zarur. Lekin tadqiqotchi, o‘zining ishini rejalashtirish jarayonida qanday nazariya va konsepsiyalarga yondashishini va qaysilaridan faqat adabiy manbalarni tahlil qilish jarayonida foydalanishini o‘ziga aniqlab olishi shart.



Tadqiqotchi o‘z ishining metodologik bazasini aniq belgilab olishi lozim.

Har qanday ilmiy ishga qo‘yiladigan asosiy talab – qat’iyatlilik, aniqlik va terminologiyalarni qo‘llashda bir ma’nolikdir. Agar kundalik hayotda odamlar turli xil erkin va qo‘shma atamalardan foydalansa, ilmiy sohada faqat ilmiy til qo‘llanishi qat’iy zarurat hisoblanadi.



Har safar, agar tadqiqotchi o‘z ishining natijalarini bayon qilishda biror-bir atamadan foydalanmoqchi bo‘lsa, u qomusiy lug‘atlardan foydala-nadi. Ilmiy ish tiliga qarab, birinchi navbatda milliy izohli lug‘atlarlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, rus tilida V.I. Dal, S.I. Ojegov va D.N. Ushakov lug‘atlari, o‘zbek tilida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (yangi tahriri). Bundan tashqari, bular bilan bir qatorda katta, kichik va sohaga oid ensiklopediyalar (qomuslar), xorijiy so‘zlar lug‘ati, qomusiy (ensiklopedik) lug‘at. Bu manbalar, umum foydalanadigan atamalarning umummilliy masshtabdagi bir ma’noli talqinini beradi. Shu bilan birga, terminologiya bularda amalda bir xil talqin qilinsa ham ularning har biri so‘zning ma’nosini yanada yaqqolroq ochishda o‘z xizmatini ko‘rsatib, u yoki bu atamani ishlatishda uning ma’nosini aniq belgilaydi. Til sinonimlari lug‘ati ham foydali hisoblanib, ular orqali tadqiqot natijalari bayon qilinadi, bitta jumla yoki xatboshida bir so‘zni qayta ishlatmaslik uchun ularning sinonimini ishlatish ma’qul.

Nihoyat, so‘z konkret tadqiqotga katta ta’sir ko‘rsatuvchi atamalar haqida borganida – ular talqinini ilmiy adabiyotlar: monografiya, dissertat-siya va maqolalardan olish ma’qulroqdir, albatta, birinchi navbatda, muay-yan tadqiqotga nazariya va konsepsiyalari asos qilib olingan mualliflari-ning nashr etilgan ilmiy adabiyot manbalaridan. Bu nashriyotlar bo‘yicha tezauris tashkil qilish foydali hisoblanib – unda mualliflar tomonidan ishlatiladigan atamalar, ularning izohi va ular orasidagi bog‘liqlik aniqlanadi.

Har bir tadqiqotchi biron-bir yangi atamani kiritish “xavfiga” duch keladi, bundan ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki, birinchidan, halicha tajriba yetarli emas va yosh tadqiqotchi ilgari surgan nazariyalar keng yoyilma-gan, bundan o‘laroq, olimlar yangi atamalarni tez qabul qilmaydilar, ular bunday harakatlarga shubha bilan qarashishi tabiiy hol. Chunki, ilmiy til umummilliy faxr hisoblanadi va unga nisbatan o‘ta nozik darajada munosabatda bo‘lish darkor. Agar har bir shaxs, o‘zining yozadigan maqolalarida o‘zining yangi atamasini ishlatsa, olimlar va butun millat orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelib chiqadi. Shuning uchun ham yangi atamalarning (so‘z va so‘z birikmalarining) kiritilishi faqat mavjud atamalardan birortasi ham mazkur hodisa va jarayonni tasvirlay olmagan maxsus holatlarda ro‘y beradi.

Tushunchalar bilan ishlashda yana bir muhim holatni qayd qilib o‘tish lozim. Har bir aniq tadqiqotda ishlatiladigan tushunchalar guruhining shakllanishida asosiy omil – uning predmeti, qo‘yilgan maqsad va vazifalari hisoblanadi.



Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling