4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


O‘z-o`zini tekshirish uchun savollar


Download 91.81 Kb.
bet22/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

O‘z-o`zini tekshirish uchun savollar:

  1. Ilmiy gipotezaning ikkilamchi rolini tushuntiring, ular qanday nomla-nadi?

  2. Gipoteza amal qilinishining to‘rt shartini ayting.

  3. To‘rt shartdan tashqari gipoteza amal qilinishining qo‘shimcha sharoitlariga nimalar kiradi?

4.2.8. Tadqiqotni loyihalash bosqichi



Tadqiqot vazifalari. Vazifa – aniq konkret sharoitlardagi maqsadli faoliyat bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, tadqiqot vazifasi deganda, xususiy, ya’ni shakllantirilgan gipotezani tekshirishda tadqiqotning aniq sharoitdagi mustaqil maqsadi tushuniladi. Bir tadqiqot doirasida har xil vazifalar qo‘yiladi va yechimi topiladi. Bunda har bir vazifaning yechimini topish maqsadi ilmiy ishning asosiy maqsadiga zid bo‘lmasligi, unga tobeligi va undan kelib chiqilishi talab qilinadi. Shunda, o‘xshatish maqsadida, maqsadlar “shajarasi” shakllanadi. Tadqiqotni loyihalashning bir turida (1-variant) ana shu maqsadlarga mantiq bilan ketma-ket, bosqichma-bosqich erishish taqvimi tushuniladi, ya’ni, “tadqiqot nimadan boshlanadiyu, nima bilan tugallanadi?” degan savolga javobningjadval yoki graf(chizma) shaklidagi izohi. Bunda variantlarga o‘rin bor.

Birinchi variant (4-rasm) – dissertatsiyalarni rasmiylashtirish amaliyotida vazifalar mustaqil va tugallangan tadqiqot bosqichlari sifatida shakllantiriladi. Umuman olganda, bular ilmiy vazifalar hisoblanmasdan, tadqi-qotning qismlari. Ular fe’llar yordamida shakllanadi: “o‘rganish”, “tahlil qilish”, “qo‘llash” va boshqalar. Shu mantiq davom ettirilsa, bosqichma-bosqich, tadqiqot vazifalarining vaqt bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan tuzilmasi kelib chiqadi, ya’ni, har bir keyingi vazifa faqat oldingi xulosadan kelib chiqqan holda yechiladi.

Ikkinchi variant (5-rasm), ilmiy nuqtai nazardan qiyin va murakkab bo‘lsa ham ma’qulroq: vazifalar ham mustaqil tarzda shakllantirilib, tadqiqot qismining tugallanganligini bildiradi.

Lekin bu yerda oldingi holatdagi kabi vaqtinchalik ketma-ketlik saqlanmaydi. Bu yerda vazifalar tadqiqot muammosiga tegishli alohida muammolarning yechimi sifatida qaraladi va shu bilan birga gipoteza tadqiqotining shakllantirilishi uchun maxsus holat, maqsad va vazifalarga nisbatan ham vazifalar qo‘yiladi.





Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling