4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish
Uchinchi shart: gipotezaning qo‘llanilishi
Download 91.81 Kb.
|
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi shart: gipotezaning imkon boricha soddaligi
Uchinchi shart: gipotezaning qo‘llanilishi
Gipoteza keng hodisa sohalariga qo‘llana olishi lozim. Gipotezadan faqat maxsus oldindan ko‘zda tutilgan hodisa va jarayonlarda emas, keng, qayd etilgan hodisa va jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarda ham qo‘llash imkoniyati bo‘lishi shart. To‘rtinchi shart: gipotezaning imkon boricha soddaligi Bu, osonlik, soddalik va qo‘llana olish sharti sifatida tushunilishi lozim. Gipotezaning haqiqiy soddaligi, uning turli xildagi keng hodisa va jarayonlarni umumiy asosdan kelib chiqqan holda ifoda qila olinishi, bunda har safar sun’iy qurilmalarga murojaat qilmasligi, yangi va yangi gipotezalarni yaratishga ehtiyoj yo‘qligida. Gipoteza amal qilinishining ushbu to‘rt shartisiz u ilmiy gipoteza bo‘lishi mumkin emas. Gipotezaning ilmiy bo‘lishining to‘rt shartidan tashqari, bir qator boshqa holatlarni ham inobatga olish darkor. Nafaqat gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha, balki texnik va aniq fanlarda yoqlanadigan doktorlik dissertatsiyalarida ham gipotezani yaratishda va unga asoslangan holda butun tadqiqotni shakllantirish jarayonida, ko‘p hollarda predmet doirasidan “tashqariga” chiqish holatlari namoyon bo‘ladi. Buning natijasida ilmiy ish samarasiz va aniq bo‘lmay, tadqiqotchi o‘zi nima bilan shug‘ullanayotganligini bilmay qoladi. Har qanday gipoteza tadqiqot tugamasidan oldin fanda qabul qilingan bilim sifatida qaralmasligi kerak. Bo‘lmasa, tadqiqotchi bosqichma-bosqichli tahlil va muayyan mantiqiy xulosalar chiqara olmay, ularning empirikligini tekshira olmaydi. Boshqa yo‘l bilan u gipoteza xulosasini tekshira olmaydi. Tadqiqotchi nafaqat yangi gipotezalarni olg‘a surishga, balki muqobil (alternativ) gipotezalarni tahlil qilib, ularni tanlashga ham tayyor bo‘lishi lozim. Ya’ni fanda ko‘p hollarda bir xil hodisa va jarayonlar turli gipotezalar yordamida o‘z talqinini topadi. Bunday gipotezalarning tanqidiy tahlili ko‘p vaqt va mehnat talab qilib, qiyin, ya’ni empirik, nazariy va mantiqiy vazifalar yechilishi bilan bog‘liq.
So‘nggi aniqliklarni inobatga olib, gipotezaning amal qilinishining to‘rt shartiga yana quyidagi holatlarni hisobga olish darkor: gipoteza tadqiqotchilar tomonidan o‘rganiladigan muammo predmeti doirasida shakllanishi lozim; tadqiqot tugamay turib gipotezani fanda qabul qilingan bilim qatoriga ko‘shmaslik kerak; tadqiqotchi oldinga surilgan gipoteza bilan chegaralanmay, muqobil gipotezalarni tahlil qilib, ularni tanlashga ham tayyor bo‘lishi lozim. Ilmiy tadqiqotni rejalashtirishning keyingi bosqichi – uning aniq maqsad, mezon va gipotezani yaratib va ular asosida, tadqiqotni loyihalashdan iborat. Bu bosqichda ilmiy tadqiqotning vazifalari va rejalashtirish bosqichlarini qamrab oladi. Download 91.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling