Gipoteza bajarilishining birinchi sharti
Gipoteza barcha hodisa va jarayonlarni tushuntirib, yaratiladigan nazariyaning barcha predmet sohasi uchun oldindan ma’lum va tasdiqlangan fakt va ilmiy holatlarga zid bo‘lmasligi lozim. Agar faktlarni o‘zaro zid keladigan faktlar asosida tushuntirib berish imkoniyati bo‘lsa, gipotezalar olg‘a surilib, oldin tasdiqlangan holatlar bilan qarama-qarshi bo‘ladi.
Ikkinchi shart: gipotezani prinsipial tekshirish mumkinligi
Gipoteza bu halicha kuzatilmaydigan hodisalar to‘g‘risidagi taklif bo‘lib, ularni faqat tajriba asosidagi tadqiqot bilan tekshirish mumkin. Tajriba yordamida tekshiruvni amalga oshirish imkoniyatining yo‘qligi, gipotezaning tekshiriluvchan emasligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |