4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Tadqiqot natijalarining to‘g‘riligini baholovchi mezonlarni shakllantirish (tanlash)


Download 91.81 Kb.
bet16/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

4.2.6. Tadqiqot natijalarining to‘g‘riligini baholovchi mezonlarni shakllantirish (tanlash)

Tadqiqot maqsadi aniqlanganida, ya’ni ushbu tadqiqot yakunida qanday natijalar olinishi mumkinligi, hamda ularning potensial tuzilishi ayon bo‘lganida, tadqiqotchi kelajakdagi natijalarning to‘g‘riligini baholovchi mezonlarni aniqlashga (tanlashga) kirishadi. Baholash mezoni – har qanday faoliyat uchun ham, ayniqsa har bir tadqiqotchi uchun eng qiyin va o‘tkir masala bo‘lib – bunda innovatsiyalar va nazariyalarga baho qaysi mezonlarga asoslangan holda amalga oshirilishi aniqlanadi.



Mezonlarni noto‘g‘ri tanlash oqibatida butun boshli ijtimoiy institutlar va iqtisodiy tizimlar qulagan.

Shuning uchun ham, tadqiqotga bel bog‘lanar ekan, uning natijalari to‘g‘riligini baholovchi mezonlarni tanlashga jiddiy yondashgan ma’qul. Shuni ta’kidlash joizki, nazariy tadqiqot natijalarini baholovchi mezonlar bir xil bo‘lib, ular tadqiqotlarning ko‘p yillik tajribasi yordamida ishlab chiqilgan. Empirik tadqiqot natijalarini baholovchi mezonlar esa, har bir muayyan tadqiqot uchun individual bo‘lib, uning mazmuniga bog‘liq. Ammo, ularni tanlashda ham ma’lum bir tavsiyalar mavjud. Ular quyida keltirilgan.

Nazariy tadqiqot natijalarini baholovchi mezonlar

Nazariy tadqiqot natijasi – nazariya, konsepsiya yoki qandaydir bir nazariy qurilishi - konstruksiyalari quyidagi mezon-prinsiplar talablariga javob berishi kerak (3-jadval).



Predmetlilik, ilmiy nazariya belgisi sifatida ilmiy nazariya tushuncha va atamalarining umumlashtirilganligi bitta predmetli sohaga oid bo‘lishi kerakligini anglatadi. Predmetlilik belgisi shuni ko‘rsatadiki, bir xil hodisa va jarayonlarni tushuntirib berishda ba’zan bir necha nazariyalardan foyda-lanish ham mumkin (bu esa to‘ldiruvchanlik prinsipiga muvofiq 3.3-b.ni ko‘ring).


Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling