4.2.10. Individual rejalashtirish
Tadqiqot rejasini ishlab chiqish tajribasi yillar davomida shakllanib borgan. Ishni boshlagan tadqiqotchi bunday malakaga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham unga tajribali maslahatchi, ya’ni ilmiy rahbar kerak. Jamoaviy tadqiqotni rejalashtirish muammolari ajralmasligi sababli, bunday tadqiqotlar qo‘llanmada ko‘rib chiqilmagan.
4.2.11. Tadqiqotga texnologik tayyorgarlik ko‘rish bosqichi
Tadqiqotga texnologik tayyorgarlik ko‘rish bosqichi har bir aniq ilmiy ish uchun maxsus ko‘rinishga ega. U o‘z ichiga tadqiqot varaqalarini, anketalarini tayyorlashni; zarur eksperimental qurilmani tayyorlash yoki olish, kerakli dasturiy ta’minotni yaratish va boshqalarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |