4-rasm. Dissertatsiyani tayyorlash bosqichlari
4.2.9. Tadqiqot dasturini (programmasini) tuzish
Tadqiqot dasturini tuzish ilmiy tadqiqotni loyihalash bosqichining ikkinchi va so‘nggi bosqichi bo‘lib hisoblanadi.
5-rasm. Dissertatsiyani tayyorlashning tarkibiy yo‘nalishi
Dastur – dastavval, hujjat bo‘lib, unda obyekt muammosi tasvirlanadi. Tadqiqot predmeti uning maqsadi, gipotezalar, vazifalar, metodologik asoslari va tadqiqot uslublaridan iborat (oldin ko‘rib chiqilgan barcha narsalar). Bundan tashqari, tadqiqot dasturini yaratishga rejalashtirish ham kirib, unda belgilangan ishlarni amalga oshirishning vaqtga doir (taqvimli) yo‘naltirilgan grafigi ishlab chiqiladi. Ko‘pgina ilmiy xodimlar tadqiqotni rejalashtirishga nisbatan skeptik munosabatda bo‘lsa ham, tajribadan rejalashtirish foydali tashkil etish, shu bilan birga tadqiqotchining o‘z ishini rejalashtirishning ilk ko‘rinishi ekanligi ma’lum. Bu qatorda bir narsani eslatish o‘rinli – metodologiya faoliyatni tashkil etish bo‘lsa, tashkil etish-ning vositasi – rejalashtirish. Rejalashtirish amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni ko‘z oldidan xayolan o‘tkazmay, balki real shaklga solib beradi.
Ilmiy tadqiqotni rejalashtirishda dolzarblik, ilmiy tadqiqotning yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, muammo holati (nimalar qilingan, nimalar esa yo‘q) ham aks ettiriladi. Chunki, dissertatsiya malaka ishi hisoblangani tufayli, bu bo‘limlar nafaqat kitobxonga, balki dissertantning o‘zi uchun ham zarur, shuning uchun tadqiqot rejasida ular ham o‘z o‘rnini topishi shart. Bu masalalar har bir ish uchun xususiy bo‘lganligi uchun ular bu yerda ko‘rib chiqilmagan1.
Rejalashtirish haqida so‘zlaganda, ikki turdagi reja ko‘zda tutilishi ke-rak: shaxsiy (individual) ilmiy tadqiqotni rejalashtirish;jamoaviy (kollektiv) tadqiqotni rejalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |