4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Download 91.81 Kb.
|
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616
- Bu sahifa navigatsiya:
- Refleks” va “baho” tushunchalarining ma’nosi
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Tadqiqot o‘tkazish nazariy bosqichining tuzilishi. Adabiy manbalarni tizimlash va tahlil qilish deganda nimani tushunasiz? Tushunchalar apparati qay tarzda shakllanadi? Tadqiqot nazariyasining mantiqiy tuzilmasining yasalishi. Tajriba-eksperiment ishini o‘tkazish jarayonini tushuntiring. Adabiyotlarni bibliografiya tarzida tasvirlash qoidalarini keltiring. Yetakchi ilmiy konsepsiyalar qanday manbalardan aniqlanadi? Turli ilmiy maktablar nima uchun kerak? Atamalar bilan ishlash manbalari. Tezaurus nima va u qanday tuziladi? Tasniflashga qo‘yiladigan talablar. Tasniflar tizimi tadqiqot predmetini va uning to‘liqligini ta’minlaydi-gan samarali mantiqiy instrumentlar sifatida. Nazariya(konsepsiya)ning mantiqiy strukturasi yasalishining ikki bosqichli jarayoni. Nazariya tushunchasiga ta’rif bering. Nazariyaning struktura elementlarini sanab o‘ting. Har doim ham tajriba-eksperiment ishlarida matematik statistikaning qo‘llanilishi to‘g‘rimi? Ilmiy ish aprobatsiyasi qanday kechadi? Tadqiqot natijalarini adabiy shaklda-rasmiylashtirish. Bosma ishlar hajmi qanday aniqlanadi? Mualliflik sahifasining shartli soni nimaga teng? Tadqiqot natijalari qayerda ma’ruza qilinadi? 4.4. Ilmiy tadqiqotning refleksiv fazasi “Refleks” va “baho” tushunchalarining ma’nosi Ilmiy tadqiqotning refleksiv fazasini ko‘rib chiqishdan avval “baho” va “refleks” tushunchalariga to‘xtalib o‘tamiz. “Baho” tushunchasi hodisalar, faoliyat, xatti-harakatga bo‘lgan muno-sabat, ular ma’nosining belgilanishi, me’yorlar va maqsadlarga to‘g‘ri kelishi, daraja va sifatning o‘rnatilishini anglatadi. Shuni ta’kidlash kerakki, “baho” tushunchasi jarayonni baholash uchun va shu bilan birga bahoning o‘zini tasvirlash uchun ishlatiladi (baholash jarayonining natijasi sifatida). “Refleksiya” atamasi ilk marta J. Lokk tomonidan kiritilgan bo‘lib, turli falsafiy tizimlarda (J.Lokk, G.Leybnis, D.Yum, G.Gegel) turli ma’nolarni anglatgan. Bu atamaga “Falsafiy ensiklopedik lug‘at” (579 b) quyidagicha talqin beradi: Refleksiya (lotincha reflexio – o‘z-o‘zini tahlil, idrok): insonning fikrlash prinsipi bo‘lib, u qayta o‘ylash va shaxsiy formalarga tomon yo‘naltirilgan; bilimning o‘zini mukammal ko‘rib chiqish, uning tuzilishini tanqidiy tahlil qilish va anglash uslublari; o‘zini anglash faoliyati bo‘lib, inson ichki dunyosining tuzilishi va o‘ziga xosligini ochib beradi; Uch xil refleksiya haqida fikr yuritish mumkin: elementar refleksiya – bilim va harakatni tahlil qilib, ularni ko‘rib chiqadi, ularning to‘siqlari va ma’nosi haqida; ilmiy refleksiya – nazariy bilimni tahlil qilish va tanqidlash, mazkur ilm fan sohasida amalga oshiriladigan uslub va yo‘nalishlar; falsafiy refleksiya – bu fikrlashni anglash va uni ko‘rib chiqish bo‘lib, umuman olganda inson madaniyatini ko‘rib chiqadi. Elementar refleksiya – bu subyekt refleksiyasi bo‘lib, ya’ni uning shaxsiy fikrlari, o‘zining faoliyati to‘g‘risida fikrlash bo‘lib, avto refleksiya yoki birinchi turdagi refleksiya deb ataladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko‘p gumanitar tadqiqotlarda avtorefleksiya qo‘llaniladi. Ilmiy refleksiya – boshqa subyektlarga nisbatan qo‘llanilib, bu bir shaxsning boshqa shaxs (subyektning) yoki boshqa subyektlarning (shaxslarning) fikrlari haqidagi fikri. Mazkur qo‘llanmada ko‘proq elementar refleksiya ko‘rib chiqiladi. Ilmiy tadqiqotning refleksiv fazasi
obyekt faoliyati – o‘zini baholash natijalari; subyekt faoliyati – o‘zini-o‘zi baholash. Download 91.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling