4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Download 91.81 Kb.
bet29/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

4.3.4. Malaka-eksperiment ishi

Ilmiy tadqiqotning mohiyati shundan iboratki, malaka-eksperiment ishi tadqiqotchining ko‘p vaqtini olishiga qaramay, ko‘pincha faqat gipotezadan boshlagan holda nazariy qurilmalarni tasdiqlash yoki rad etish uchun ishlatiladi.

Ammo tadqiqotning malaka-eksperiment qismi faqat tadqiqotchi tomo-nidan ishning nazariy asosi shakllantirilganidan so‘ng boshlansa ham, qoi-daga ko‘ra, ko‘p hollarda, tadqiqotchi malakali-eksperimental ishni ancha oldin boshlaydi. Ya’ni tadqiqotchi gipotezasini tasdiqlaydigan yoki rad qiladigan malakali ish va eksperiment tashkil qilinishidan oldin birlamchi malakaviy-eksperimental ishni tashkil qilish, tahlillash va uning natijalarini birlashtirish lozim. Bundan tashqari, bu birlamchi bosqich kerakli yo‘na-lishlar, instrumentlar va shu kabilarni tanlashda yordam beradi.

Oldin aytib o‘tilganidek, har bir aniq tadqiqotdagi malakaviy-eksperimental ish maxsus ko‘rinishga ega bo‘lib, tadqiqot tarkibini to‘la belgilaydi va umumiy holda tasvirlanishi mumkin emas.

Shuni ham aytish lozimki, empirik natijalarni qayta ishlash jarayonida odatiy xatolarning yoyilishi kuzatiladi. Bulardan matematik statistika uslublarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozimligini ko‘rsatish mumkin. Chunonchi, tibbiyot, pedagogika, psixologiya va sotsiologiyada daraja(rang)lar shkalasining “o‘rtacha ball” hisoblash tizimi qo‘llaniladi. Matematikadan xabardor shaxslar bunga yo‘l qo‘ymaydilar. Ya’ni bu shkalada jamlash operatsiyasiga yo‘l qo‘yish uzrsiz xato hisoblanadi: o‘rtacha “ball”ni topish uchun o‘lchovda aniqlangan qiymatlarni jamlanib, ular o‘lchovlar soniga bo‘linadi! Lekin afsuski, bunday xatolar ko‘p uchrab turadi.
4.3.5. Tadqiqot natijalarini-rasmiylashtirish bosqichi

Tadqiqot texnologik bosqichining yakunlovchi fazasi bo‘lib, u tadqiqot natijalarini aprobatsiya qilish va foydalangan adabiyotlarni rasmiylashtirishdan iborat (qonun-qoidalarga muvofiq ro‘yxatini tuzish).

Tadqiqotni mukammal aprobatsiya qilish – uning amal qilish va nati-jalarining haqqoniyligini tan olish shartlaridan biri bo‘lib, u kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash va tuzatishga imkoniyat tug‘diradi. “Aprobatsiya” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “ma’qullash, tasdiqlash” ma’nolarini anglatadi. Bunda tanqidchilar, opponentlar va xakam sifatida ilmiy hamkasblar, amaliyot mutaxassislari va shu bilan birga ilmiy va pedogogik jamoalar ham qatnashishi nazarda tutiladi. Aprobatsiya, ommaviy ma’ruza va chiqishlar, muzokaralar, shu bilan birga yozma va og‘zaki shakldagi taqrizlash ko‘rinishida ham amalga oshiriladi. Norasmiy aprobatsiyalarga suhbatlar, hamkasblar bilan muzokaralar, ilmiy faoliyatning boshqa sohalari muta-xassislari va amaliy ishchilari bilan o‘zaro munozaralar misol bo‘ladi. Aprobatsiya natijasiga ko‘ra, tadqiqotchi yuzaga kelgan savollar, ijobiy va salbiy baholarni, e’tiroz va maslahatlarni inobatga oladi. Shu asosida u o‘z materiallarini yanada puxta ishlab, kerak bo‘lsa tadqiqotning ayrim holatlarini qayta ko‘rib chiqadi.

Aprobatsiya jarayonida tadqiqotchi erishgan natijalarini yozma, og‘zaki va elektron nashr etish ilmiy tadqiqotni yakunlashning asosiy sharti hisoblanadi, chunki u yoki bu tadqiqot natijasida olingan yangi bilimlar omma tomonidan qabul qilingan holdagina ilmiy bilim hisoblanadi.

Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari quyidagi adabiyotlar shaklida-rasmiylashtiriladi:

1. Referat tadqiqot natijalarini yozma shaklda bayon qilish uchun boshlang‘ich shakl hisoblanadi. Referat yordamida yosh tadqiqotchilar o‘z tadqiqotlarining dastlabki natijalarini bayon qiladilar. Odatda, referatda mavzuning nazariy va amaliy dolzarbligi tasvirlanib, mavzuga oid publikatsiyalar tahlil qilinadi, tahlil qilingan ilmiy material bo‘yicha baho berilib, xulosa chiqariladi. Referat tadqiqotchining eruditsiyasi, uning mustaqil tahlil qilish qobiliyati, ilmiy ma’lumotlarni tizimlashtirish, tasniflash va umumlashtirish ko‘nikmasini ko‘rsatadi. Qoidaga ko‘ra referatlar chop etilmaydi.

2. Ilmiy maqola tadqiqotchi mahsulotining eng keng tarqalgan adabiy shakli hisoblanadi. Maqolalar ilmiy jurnallarda, ilmiy-metodik to‘plamlarda chop etiladi. Maqola, odatda, 5 betdan 15 betgacha hajmda bo‘ladi. Material ilmiy maqolada bayon qilinishi, tizimlashgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim. Ishning bo‘limlari mantiqiy jihatdan o‘zaro bog‘-liq bo‘lishi lozim. Asosiy e’tibor ishning ilmiy stiliga qaratilishi shart. Ilmiy stilning quyidagi asosiy talablari mavjud: bayon qilish aniqligi, so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish, qisqalik, ilmiy terminologiyaga qat’iy rioya qi-lish, ishni bosqichma-bosqich tasvirlash, mantiqiylik va holatning bog‘liqligini ta’minlash kabilar. Matnning adabiy tahririga ham katta e’tibor qaratilishi zarur.

Ilmiy maqolada xulosalar, erishilgan natija va takliflarni berish muhim sanaladi. Maqolaning bu bo‘limida, tadqiqot natijalarini qisqa va aniq bayon etish lozim bo‘lib, ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatish talab etiladi.

3. Ilmiy hisobot, ma’ruza. Ilmiy ishni ilmiy hisobot ko‘rinishida ham rasmiylashtirish mumkin. Ilmiy hisobotni-rasmiylashtirishning umumiy talab va qoidalari maxsus davlat standarti (UzOST)da keltirilgan.

Ilmiy ma’ruzaga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: matn aniqligi; materialni bayon qilishning mantiqiy izchilligi; ishonchli dalillar keltirilganligi; jumlalarning qisqa va aniqligi; ish natijalarini bayon qilishning konkretligi; xulosalar isbotliligi va takliflarning asoslanganligi.

Ilmiy hisobot titul varaqasi, mualliflar ro‘yxati, qisqacha referat, tuzilishi (boblarga ajratilganligi), ishning asosiy qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lishi kerak.

Hisobot referati hisobot tuzilishining asosini qisqacha tasvirlashi, uning hajmi,-rasmlar va jadvallarning xarakteri, sonini, kalit so‘zlar ro‘yxati, amalga oshirilgan ish mazmunini, tadqiqotning uslublarini, qisqacha xulosalar va tadqiqot natijalarini qo‘llash imkoniyatlaridan iborat bo‘lishi lozim.

Asosiy qism o‘z ichiga quyidagilarni oladi: kirish; berilgan mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlarning analitik obzori; tanlangan yo‘nalishdagi ishning asoslanganligi; bajarilgan ish natijalari, tarkibi, qo‘llanadigan metodika va hisobot boblari; xulosa (yakunlar va takliflar).

Ilovadanqo‘shimcha hisobot materiallari joy oladi: raqamlarda keltirilgan jadvallar; ilmiy ishda qo‘llaniladigan va ishlatiladigan instruk-siya namunalari, anketalar, testlar; qo‘shimcha xarakterdagi tasvirlar va boshqalar.

Ilmiy ma’ruza o‘z tuzilishiga ko‘ra ilmiy hisobot. Shu bilan birga u butun tadqiqot muammosini to‘liq qamrab olmay, faqat mantiqiy jihatdan yakunlangan qismini o‘z ichiga oladi. Ilmiy ma’ruzaga, ilmiy hisobot singari shakli va-rasmiylashtirilishiga jiddiy talablar qo‘yilmaydi. Uni referat va boblarga ajratish shart emas. Tili, adabiy stili bo‘yicha ma’ruza, ko‘proq og‘zaki chiqishlarga moslashtirilgan bo‘lib, baland ovoz bilan o‘qish uchun qulay bo‘lishi lozim.

4. Uslubiy qo‘llanmalar. Bunday qo‘llanmaning asosi – tadqiqot natijalari bazasida yaratilgan biror-bir (ilmiy-tarbiyaviy, texnologik va boshqa) jarayonni takomillashtirish uchun nazariy asoslangan metodik takliflar. Uslubiy qo‘llanma amaliy ishchilarga mo‘ljallanganligi sababli u savodli, chiroyli adabiy tilda yozilishi lozim. Imkon boricha uni ko‘rsatma materiallar bilan boyitish lozim.

Uslukiy qo‘llanmani broshura yoki kitob shaklida ham rasmiylashti-rish mumkin. Broshura deb yumshoq muqovada yoki muqovasiz bajaril-gan, kichik hajmli (5-48 betgacha) bosma mahsulotga aytiladi. Kitob – bu ommabop bo‘lmagan, 48 varaqdan ortiq hajmdagi material, uning muqo-vasi ham bor.

Shuni ta’kidlash kerakki, eng yaxshi metodik qo‘llanma - A.V.Suvorovning “G‘oliblik san’ati” nomli mashhur kitobi bo‘lib, 25 betli matnda buyuk qo‘mondonning jang olib borish tartibi va harbiy yurishlaridan, mudofaani tashkil qilish va kasalxonalarning jihozlanishigacha barcha muammolar to‘liq tasvirlangan.

5. Monografiya. Monografiya ilmiy ish bo‘lib, unda bitta muammo (mono-birlikdagi) yetarlicha har tomonlama va chuqur o‘rganiladi. Monografiya mualliflari bir yoki bir nechta bo‘lishi mumkin.

Agar tadqiqotchi biror-bir muammoni har tomonlama yangicha hal qila olsa, muammo bo‘yicha mavjud ilmiy ishlarni jamlab, o‘z konsepsiyasini ilmiy asoslasa, amaliyotda qo‘llashning aniq imkoniyatlarini ko‘rsata olsa, bu holda u tadqiqoti natijalarini ilmiy monografiya shaklidarasmiylashtirishi maqsadga muvofiq.

Tadqiqotchi monografiyada tadqiq qilinayotgan muammo avvalgi ilmiy adabiyotlarda va hozirgi vaqtda qanday hal etilganini ko‘rsatishi lozim. Keyin bu muammoni yechish bo‘yicha mualliflik g‘oyasining mazmunini ochib berishi, konsepsiyani tasdiqlashda foydalanilgan tadqiqot metodikasini tasvirlashi lozim. Bundan so‘ng, shaxsiy tadqiqotning natijalari tahlil qilinadi, batafsil yoritiladi, argumentli xulosalar qilinadi va ilmiy asoslan-gan ko‘rsatmalar beriladi. Monografiya oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Monografiya, broshura yoki kitob shaklidarasmiylashtirilishi mumkin.

6. Pedagogik o‘qishlar, seminar va konferensiyalaridagi tezis ma’ruza-lari va ma’ruzalari. Odatda, ilmiy konferensiya, seminarlar o‘tka-zishda, ishtirokchilarning doklad va ma’ruzalari tezislari to‘plami chop etiladi. Tezislar – eng kichik ilmiy ish bo‘lib, hajmi bir betdan uch betgacha. Uning hajmi barcha ishtirokchilar uchun konferensiya tashkiliy qo‘mitasi tomonidan oldindan belgilanadi. Tezislarni yozishda asosiy vazifa – tadqiqot natijalarining juda qisqa, konspekt shaklida muhim qismini bayon etish. Ya’ni ma’ruzachi simpozium, seminar va konferensiya qatnashuvchilariga so‘zlab berishni istagan narsalarni ta’riflash.

Barcha ilmiy adabiyotlar hajmi muallifning (bosma) qog‘ozlari asosida inobatga olinadi. Bitta mualliflik sahifasi – 400 bosma belgidan (vergul va so‘zlar orasidagi bo‘shliq (probel) ham hisoblanadi) iborat. Shunday qilib, bitta mualliflik sahifasi – taxminan 2 intervalda chop etilgan 23 ta varaq yoki bir intervalda taxminan 16 varaq.

Adabiy publikatsiyalardan tashqari, tadqiqot natijalari ilmiy muloqot jarayonida ma’ruza yoki muhokama qilinadi. Og‘zaki ilmiy muloqotni tashkil qilishning asosiy ko‘rinishlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:


1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling