4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish
Tasniflash (klassifikatsiya)
Download 91.81 Kb.
|
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassifikatsiyaga qo‘yiladigan asosiy talablar
4.3.3. Tasniflash (klassifikatsiya)
Nazariy tadqiqot tuzilmasini mantiqiy shakllantirish har-bir muayyan tadqiqotning predmeti, maqsad va vazifalari bilan aniqlanadi. Faqat ayrimlari umumiy hisoblanib, ular quyida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning mantiqiy tuzilmasini tuzish jarayonida turli klassifikatsiyalarni qo‘llash va o‘z xususiy tasnifini tuzish zarurati yuzaga keladi. Bundan tashqari, tasnif ish mazmunini yoritishda kerak deb hisoblanadi.
1. Har bir klassifikatsiya faqat bitta asos bilan amalga oshirilishi lo-zim. Bu ko‘p hollarda buziladigan eng asosiy talab sanaladi. Har gal tasnif-lash amalga oshirilganida “Tasnifning asosi nima?” degan savol qo‘yilishi kerak. Tasniflashning asosi deganda umumiy tushunchani ko‘rinishlarga bo‘lish imkoniyatini beradigan biror belgi tushuniladi. Masalan, umumta’-lim maktablarini boshlang‘ich, to‘liq bo‘lmagan o‘rta va o‘rta darajalarga bo‘lish uchun har bir bosqichda o‘quvchilarga beriladigan umumiy ta’limning darajasi hisoblanadi. Shu bilan birga, masalan, bitta tasnifda oliy dar-goh talabalarini yoshi va o‘qish darajasi bo‘yicha yoki fakultativ darslarga qatnashishi bo‘yicha bo‘lish mumkin emas. Bunda uchta har xil tasnif haqida so‘z yuritilishi mumkin. 2. Tasnif a’zolarining hajmi tasnifning butun hajmiga teng bo‘lishi lozim. Bu shuni bildiradiki, agar barcha uchburchaklarni burchaklari bo‘yicha bo‘lib chiqilsa: o‘tkir uchli, to‘g‘ri uchli, o‘tkir bo‘lmagan uchlilari mavjud va boshqa biror xil uchburchak bo‘lmaydi. 3. Har bir obyekt faqat bitta toifaga tegishli bo‘lishi kerak. Ya’ni, masalan, barcha raqamlarni juft, toq va oddiy raqamlarga bo‘lib bo‘lmaydi. Unda 5, 7, 11 va boshqa raqamlar ikkita toifaga kiradi, ya’ni ular ham toq, ham oddiy son bo‘lib hisoblanadi. 4. Tasnif a’zolari bir-birlarini o‘zaro rad qilishi lozim. Ya’ni, ulardan birortasi ham boshqasining qatoriga kirishi mumkin emas. Masalan, ilmiy kitoblarni monografiyalar, darsliklar va matematika bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalariga bo‘lish mumkin emas. Matematika bo‘yicha kitob, ham monografiya va ham o‘quv qo‘llanma bo‘lishi mumkin. Bu yerda tasnif asosi bo‘lib kitoblarni monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va sh.o‘. turlariga bo‘lish maqsadga muvofiq. 5. Toifalarga ajratish uzluksiz bo‘lishi lozim, ya’ni yaqinroq toifani qoldirib, uzoqdagisini olib bo‘lmaydi. Masalan, ilmiy tadqiqotlarni fizika, ximiya, biologiya va ekologiya bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin, lekin ximiya, biologiya, ekologiya va elektrodinamika (fizika bo‘limi) sohasidagi tadqiqotlarga bo‘lib bo‘lmaydi. Oxirgi holatda biz yaqin guruhni tashlab (fizika), ancha uzoqdagi guruhga o‘tdik (fizikaning qismi). Shuni ham qayd etish lozimki, bir guruhdagi obyektlar, hodisa va jara-yonlar turlicha tasniflanishi mumkin. Bunda yuqoridagilarga zid bo‘lmagan holda ko‘p tasniflar haqida so‘z yuritiladi. Bir guruhdagi obyektlarning tasniflari asoslari bilan farqlanadi. Masalan, mebel quyidagicha tasnif-lanishi mumkin:
tayyorlangan materiali bo‘yicha: yog‘och, metall, plastmassadan yasalgan va boshqalar; dizayn stili bo‘yicha: klassik, ampir, viktorian, modern uslubida yasalgan va boshqalar; rangiga ko‘ra: qora, oq, jigar rang va boshqalar; ishlatilishi bo‘yicha: stol, stul, javon va boshqalar. Shunday qilib, bir xil obyektlar har xil asoslar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Ishning mantiqiy strukturasini yasash jarayonida tadqiqotchi “har xil holatlarga” duch kelishi, ya’ni “mantiqiy holat” bo‘yicha turli yo‘nalishlarda borishi mumkin. Bunday “o‘ydim-chuqurlar” tadqiqot jarayonida ko‘plab vujudga kelib, tadqiqotchi ularning barini hal qila olmaydi. Shuning uchun ham bitta yo‘l tanlanib, tadqiqotchi uni asosiy va istiqbolli deb hisoblashi lozim. Agar “har xil” holatlar butun ish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lsa, tanlangan yo‘l butunlik nuqtai nazaridan asoslab berilishi ke-rak. Ko‘p hollarda tadqiqotchi shunday holatga duch keladiki, unga ko‘ra u o‘zining mantiqiy yo‘nalishini turli klassifikatsiya va aspektlar bo‘yicha bo‘lib chiqishi lozim. Bu yerda “to‘siq”qa duch kelgan tadqiqotchi, barcha jabhalarni o‘rganishga harakat qiladi. Ko‘p hollarda buni amalga oshirish mumkin emas! Shuning uchun faqat bitta aspektni asos qilib, bitta tasnifni olgan holda boshqalari bo‘yicha materiallarni ularning ichiga joylash lozim. Albatta, bunda butun mazmun boyligining katta qismi yo‘qoladi, lekin boshqa yo‘l yo‘q. Shunday qilib, ta’kidlash lozimki, turli asosdagi tasniflar jamlanmasida, birinchi navbatda, o‘z xususiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tasnif tizimi deb ataladi. Tasniflar tizimini tuzish va uni tahlil qilish nazariy tadqiqot-ning mantiqiy strukturasida muhim hisoblanib, kerakli predmet sohasini aniq qamrab oladi, bu predmet sohasida o‘zaro bog‘liq sohalarni belgilab, “oq dog‘larni” tushuntiradi. Bundan tashqari, barcha guruhlar bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar ayrim asoslarga ko‘ra umumlashtirilishi mumkin. Shunday qilib, tasniflar tizimi tadqiqot predmetining yaxlitligini va to‘liqligini ta’minlash uchun samarali mantiqiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular tadqiqotchining o‘zi uchun, uning ilmiy faoliyatini tashkil qilish jarayonida foydalanilib, qachonki predmet sohasini tanlash, tushunish, nima ish qilindi va nima ish qilinishi kerakligini aniqlashda qulay. Bundan tashqari ular ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etadigan shakl sifatida ham qulay bo‘lib, hamkasb - kitobxon olingan natijalarning yaxlitligini tez anglab olishda o‘rni beqiyosdir. Download 91.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling