4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Tadqiqot maqsadini aniqlash


Download 91.81 Kb.
bet15/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

4.2.5. Tadqiqot maqsadini aniqlash

Bunda tadqiqot obyekti va predmeti asosiy rol o‘ynaydi. Tadqiqot maqsadi – tadqiqot yakunida umumiy ko‘rinishda (umumlashtirilgan holda) qo‘lga kiritish kerak bo‘lgan natija.

Albatta, ko‘pincha maqsadni qisqa, oddiy va mantiqiy ma’noda-rasman shakllantirish ham o‘rinli, masalan “maqsad - ilgari surilgan tadqiqot muammosini yechish” kabi (bunda muammo to‘g‘ri va adekvat tarzda shakllantirilganligini ham inobatga olish darkor). Ammo maqsadning bu kabi nomlanishida tadqiqotchi muammoni to‘liq hal qildim deb ayta olishini talab qiladi, ya’ni shu damdan boshlab boshqa tadqiqotchilar bu masalaga qaytishlariga hojat yo‘q degani kabi. Albatta, D.I. Mendeleyev Davriy qonunni kashf etib, kimyoviy elementlar tasnifi muammosini hal qildi. Yoki A. Eynshteyn, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratib, mexanika va elektrodinamika qonunlari o‘rtasidagi muammoni bartaraf etdi. Ammo doim ham tadqiqotchi muammoni to‘liq hal qilib berdi deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Har qanday holda ham tadqiqot tugallanganidan so‘ng u tadqiqot predmeti, maqsadi va oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan belgilangan doiradagi muammo hal qilindi deyish o‘rinliroq.

“Jarayonni takomillashtirish...”; “samarasini oshirish...” kabi maqsadlar ilmiy tadqiqot maqsadlari hisoblanmaydi.

Albatta, ilmiy natijalar ma’lum shart-sharoitlarda (biron bir sohaga olib kirish va shu kabilarda) “samarasini oshirish” uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ammo buni tadqiqotchilik ishining maqsadi sifatida ko‘rish noto‘g‘ri. Hatto “Ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish...” qabilidagi mulohazalar ham faqat yo‘ldosh, yordamchi sifatida kelishi mumkin, ammo tadqiqotning asosiy maqsadi bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. Buni tadqiqotning amaliy ahamiyatini oshirishga ko‘maklashuvchi masalalardan biri deya qabul qilish darkor.


Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling