Mantiqiy va tarixiy yondashuvlar
Tarixiylik dialektik prinsipi rivojlanayotgan obyektlarni targ‘ib qilish jarayonlarida o‘rganishning mantiqiy va tarixiy usullari hamjihatligini ko‘zda tutadi. Tarixiy yondashuv holatlar, ilmiy g‘oyalar, nazariyalarning tarixiy rivojlanishi, ularning shakllanish jarayonini (vaqt kesimida) tarix shaklida aks ettiradi, mantiqiy usul targ‘ib qilinayotgan obyektni uning nazariyasi shaklida aks ettiradi, Albatta, ularning har ikkalasi ham bir-birini to‘ldirib turadi.
Mantiqiy yondashuv aniq tarixiy genezisni (kelib chiqishni) va obyekt rivojlanishini ko‘rib chiqishni, rivojlanayotgan obyektning genetik (irsiy) munosabatlarini targ‘ib qilish va aniqlashni ko‘zda tutadi; bunday hollarda tadqiqotchilikda aniq tarixiy faktlar ustuvorlik qiladi hamda jarayon va ilmiy g‘oyalarning, nazariya va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqligining zamonaviy holatlari bilan birgalikda qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Tarixiy va mantiqiy yondashuvlarning hamjihatligi, ularning o‘zaro to‘ldiruvchanlik xususiyati va bog‘liqligi zarurligini yodda tutmoq joiz.
Mantiqiy-tarixiy yondashuvda mantiqiy aspekt ustuvorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |