4.2.4. Tadqiqot mavzusi
Nima uchun hali ham tadqiqot mavzusi to‘g‘risida hech nima deyilmagan? degan savol ham tug‘ilishi mumkin. Axir, birinchi o‘rinda tadqiqot mavzusi turishi kerak, keyin esa uni rejalashtirish, ziddiyat va muammolarini topish keladi-ku. Albatta, tadqiqot mavzusi uning boshida shakllanadi. Ammo u tugallangan ko‘rinishga, odatda, tadqiqot predmeti shakllantirilganidan so‘ng ega bo‘ladi, chunki ko‘pgina hollarda tadqiqot mavzusi tadqiqot predmetiga ishora qilib, mavzudagi asosiy so‘z yoki so‘z birikmasi esa uning obyektini belgilaydi.
Tadqiqotning mazmuni va yo‘nalishi tadqiqotchilik yondashuvlarini aniqlaydi. Bunda dialektikaning juftlik prinsipi muhim rol o‘ynaydi. Quyida dialektikaning juftlik prinsipi asosida tadqiqotlarda qo‘llaniladigan yondashuvlar ta’riflari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |