4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


-jadval. To‘g‘rilik mezonlari


Download 91.81 Kb.
bet17/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

3-jadval.

To‘g‘rilik mezonlari



Mezon tafsifi

Mezon tarifi

1

Predmetliligi

Tadqiqot ma’lum bir sohaga oid

2

To‘liqligi

Predmetli sohaning barcha hodisalarini qamrab oladi

3

Ziddiyatli emasligi

Ushbu nazariyaning tuzilmali elementlari bir-biriga zid emas

4

Interpretatsiya qilinishi

Nazariya empirik interpretatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaydi

5

Tekshiriluvchanligi

Nazariya nizomlari real obyektlarning xususiyat, munosabatlariga muvofiq

6

To‘g‘riligi

Nazariyalar asosiy nizomlarining to‘g‘riligi tasdiqlangan


To‘liqlik, nazariya belgisi sifatida o‘zining predmetli sohasidagi barcha hodisa va jarayonlarni qamrab olganligini ko‘rsatadi (ta’riflab bera oladi).

Ziddiyatli emaslik, nazariya belgisi sifatida ushbu nazariyaning barcha postulatlari, g‘oya, prinsip, modellari, shartlari va boshqa tuzilmali elementlari mantiqiy ma’noda bir-biriga zid bo‘lmasligini anglatadi. Ma’lumki, ilmiy nazariyalarda ziddiyatlarni topish va muammolarni hal qilish ularni takomillashtirish, rivojlantirish yoki yangi nazariyalarni tuzishda stimul/turtki beruvchi omil sifatida xizmat qiladi.

Interpretatsiya qilinish, nazariya belgisi sifatida (eng avvalo, bu formal nazariyalarga taalluqli) nazariya empirik mazmunga ega bo‘lishi, formal natijalarning mazmunli interpretatsiyasini ko‘zda tutishini anglatadi. Empirik interpretatsiyasiz nazariya yo‘qdir, aks holda u belgi va formulalarning oddiy to‘plamiga aylanadi. Bu yerda faqat matematika istisno bo‘lishi mumkin – misol uchun, N.I. Lobachevskiy tomonidan yaratilgan geometriya o‘z vaqtida butunlay mavhum ko‘rinishga ega bo‘lib, hech qanday mazmunli interpretatsiyaga ega emas edi.

Tekshiruvchanlik, nazariyani mazmunli haqiqat nuqtai nazaridan va uning rivojlanish, takomillashishga bo‘lgan qobiliyatidan kelib chiqib tavsiflaydi. Tekshiruvchanlik nazariya nizomlarining mazmuni real obyektlar xususiyatlariga, munosabatlariga nisbatan muvofiqligini belgilashga xizmat qiladi. Ko‘pincha bu kabi belgilashning eng asosiy usuli – tekirish.

To‘g‘rilik, nazariyaning asosiy joylari haqiqiyligi tasdiqlanganligi. Bu ma’noda ilmiy nazariya ilmiy gipotezadan farq qiladi, chunki ilmiy gipoteza haqiqat to‘g‘riligining u yoki bu darajasi bilan belgilanadi.

Afsuski, ilmiy ishlarning aksariyati ilmiy iyerarxiyaning barcha bos-qichlarida ilmiy nazariya, konsepsiya oldiga qo‘yiluvchi ushbu belgilar va talablarning mavjudligi to‘g‘risida kam ma’lumotga ega. Nashrlarda turli xil prinsiplar, shart va konsepsiyalar bo‘lib, ular butunlay mustaqil deb yuritiladi: maqsadga yo‘nalganlik, fundamentallik, texnologiyaboplik, di-namiklik, ochiqlik va h.k. Shubhasiz, yuqorida keltirilgan belgilar – ilmiy nazariya mezonlari, konsepsiyalari boshlang‘ich sanaladi. Ular oldindan nazariy tadqiqotning yakuniy natijalarini aniqlashga yordam beradi. Ilmiy nazariya to‘g‘riligining yakuniy mezoni – uning ommaviy amaliyotda qo‘llanishi.



Empirik tadqiqot natijalarining to‘g‘riligini baholovchi mezonlar. Empirik tadqiqot natijalarining to‘g‘riligini baholovchi mezonlar quyidagi belgilar talablariga javob bermog‘i lozim:

  1. Berilgan ilmiy sohada mezonlar imkon qadar obyektiv bo‘lishi, ya’ni targ‘ib qilinayotgan belgini baholashga yordam berib, har xil insonlarning nizoli baho berishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

  2. Mezonlar adekvat, valid bo‘lishi kerak, ya’ni, ular tadqiqotchi nimani baholashni istalgan bo‘lsa, o‘shanga baho bermog‘i lozim.

  3. Mezonlar targ‘ib qilinayotgan hodisalarga nisbatan neytral bo‘lishi kerak. Masalan, agar pedagogik eksperiment sifatida bir sinfdagi o‘quvchilar tomonidan, ma’lum bir yangi mavzu o‘rganilayotgan, boshqalarida esa, bu mavzu o‘tilmagan bo‘lsa, bunday hollarda solishtirish me-zoni sifatida ushbu mavzu materiallari bilan tanish o‘quvchilarning bilimi inobatga olinmasligi kerak.

  4. Mezonlar umumiyligi to‘liq ravishda targ‘ib qilinayotgan hodisa va jarayonning barcha mavjud xususiyatlarini o‘z ichiga qamrab olishi kerak.

Tadqiqot kelajakdagi natijalarining to‘g‘riligini baholovchi mezonlarni shakllantirishda uni loyihalashtirishning konseptual bosqichi tugallanadi. Ilmiy tadqiqotning keyingi bosqichi – bu farazni (gipoteza) qurish.

Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling