Fenomenologik va mavjudlik yondashuvlar
Fenomenologik yondashuv (fenomen - hodisa so‘zidan) o‘rganilayotgan hodisa, jarayonning tashqaridan kuzatilishiga, o`zgaruvchi xususiyatlarini ta’riflashga qaratilgan bo‘lsa, mavjudlik – ularning ichki, chuqur va turg‘un tomonlarini, mexanizm va harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Fenomenologik yondashuv ilm-fan rivojining muayyan bosqichlarida juda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, biologiyaga oid to‘plangan ulkan faktlar, fenomenologik materiallar yordamida K. Linney biologik turlar tasnifini yaratishga muyassar bo‘lgan bo‘lsa, Ch. Darvin evolutsiya nazariyasini yaratdi. I. Kepler tomonidan shakllantirilgan koinotlar harakati qonunlari daniyalik astronom Tixo Brage amalga oshirgan bir qator kuzatuv va o‘lchovlarga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |