Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birikishi asosan korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday korxonalar sonining o‘sishi ayni paytda iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar turlari va hajmining o‘sishidan darak beradi.
YUzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarish bir-biridan mustaqil, ajralgan holda amalga oshadiganga o‘xshab ko‘rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida individual mablag‘larning harakatlari bir-biri bilan qo‘shilib, o‘ralib-chatishib ketadi. CHunki alohida olingan individual ishlab chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag‘lar, mahsulotlarning harakati o‘zaro bog‘langandir. SHu sababli, individual mehnatlar harakatining qo‘shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan va aloqada bo‘lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig‘indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo‘lagidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |