«Zig-zag» strategiyasi (metodi)
Metodo‘quvchilarbilanguruhasosidaishlash, mavzunitezkorvapuxtao‘zlashtirishgaxizmatqiladi. Metodningafzalligiquyidagijihatlarbilanbelgilanadi:
o‘quvchilardajamoa (yokiguruщ) bo‘libishlashko‘nikmasishakllanadi;
mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi
«Zig-zag» strategiyasiniqo‘llashjarayonidaquyidagiharakatlaramalgaoshiriladi:
sinf o‘quvchilari bir necha (5-7 ta) guruhga bo‘linadi;
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5-7 ta qismga ajratiladi;
har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1-matn, 2-matn, ... va hokazolar) beriladi va uni o‘rganish vazifasi topshiriladi;
belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar;
vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi va ular o‘rganilgan matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga so‘zlab beradilar;
liderlarning fikri guruh a’zolaridan tomonidan to‘ldirilishi mumkin;
barcha guruhlar o‘zlariga berilgan matnni puxta o‘zlashtirganlaridan so‘ng matnlar guruhlararo almashtiriladi;
bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi;
shu tahlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi
«FSMU» metodi
Metodning maqsadi: Mazkur metod o‘quvchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni amalga oshirish tartibi:
Talabalarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi.
Har bir talabaga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi.
1-topshiriq
(F) – Fikringiznibayoneting
(S) – Fikringizning bayoniga biron sabab ko`rsating.
(M) –Ko`rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring. (U) – Fikringizni umumlashtiring.
Harbirtalabayakkatartibdatarqatilganqog‘ozlardagiFSMUningto‘rtbosqichi nitaklifetilganxulosayokig‘oyaganisbatano‘zmustaqilmulohazalariniyozmabayonet ganholdato‘ldiradilar.
Ushbu texnologiya tinglovchilarni o`z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o`rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |