4-kurs talabasi qurbonboyev niyatulla nematulla o’G’li kurs ishi mavzu: jaxon tarixi darslarni tashkil etishda interfaol usullar


«Tajriba vositasida o‘qitish sikli» (D.Kolb g‘oyasi)


Download 377.71 Kb.
bet12/16
Sana19.03.2023
Hajmi377.71 Kb.
#1283740
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Inter faol Usullar Qurbonboyev niyatilla 401-guruh

«Tajriba vositasida o‘qitish sikli» (D.Kolb g‘oyasi) Mazkur metod quyidagi to`rt omil asosida quriladi:

  1. Reflektiv kuzatish

  2. Abstrakt xulosalash (konseptuallash)

  3. Faol tajriba olib borishga tayyorlanish

  4. Aniq tajriba o`tkazish

Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g‘oya)ga asoslanadi. Chunonchi:

  1. o‘quvchilar uchun mashk (topshiriq)lar mazmunini tanqidiy o‘rganish va ular ustida fikr yuritish imkonini beruvchi sharoitni yarat (reflektiv kuzatish);

  2. o‘quvchilarga zarur nazariy bilimlarni ber;

  3. muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va xulosalash uchun sharoit yarat (abstrak) xulosalash (konseptuallash);

  4. o‘quvchilarga mo‘qammal shakllangan, Ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim bo‘lgan mashk (topshiriq)larni ishlab chikish imkonini ber

(faol tajriba olib borishga tayyorlanish);

  1. yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o‘tkaz va faoliyatda undan foydalan

(aniq tajriba o‘tkazish).
Rolli hamda ishbop o‘yinlar
Zamonaviy ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o‘yinlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmokda. O‘quvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va malakalaarga aylantirish , ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o‘yinlar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo‘llash nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli texnologiyalar yaratilgandir.
O‘yinli texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig‘ini qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi.
O‘yinli texnologiyalardan foydalanishda bir kator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo‘ladiki, buning okibatida har o‘quvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o‘zi egallagan o‘rinni barqarorlashtiradi, o‘zo‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. O‘yinli texnologiyalar nafakat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikma va malakalaraga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki o‘quvchilarda muayyan axlokiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.
Pedagog va psixolog olimlar-D.N.Uznadze, L.S.Vыgotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.YA.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va boshqalar o‘yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o‘ziga hos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz.
O‘yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko‘zda to‘tiladi:

  1. ta’limiy (didaktik) maqsad;

  2. tarbiyaviy maqsad;

  3. faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltiruvchi maqsad; 4) ijtimoiy maqsad.

G.K.Selevkoning fikricha, o‘yin psixo-pedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo‘ladi:
O‘YIN
O‘ynash uchun olingan rollaryoki o‘yin turi
Tanlangan rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yinli harakatlar
Muayyan predmet (jism)larni o‘yinning shartli moddiy vositasi sifatida tanlash
O‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi real munosabatlar mazmuni
Shartli ravishda yaratilgan syujet (o‘yin syujeti)

Download 377.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling