O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZMOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX O’QITISH METODIKASI FAKULTETI
UMUMIY TARIX KAFEDRASI
4-KURS TALABASI
QURBONBOYEV NIYATULLA NEMATULLA O’G’LI
KURS ISHI
MAVZU: JAXON TARIXI DARSLARNI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL USULLAR
ISH RAHBARI: ________________________.
TOSHKENT – 2023 YIL
MAVZU : JAXON TARIXI DARSLARNI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL USULLAR.
REJA: KIRISH
Tarix o`qitishda ko`rsatmali metodlardan foydalanishda interfaol usullarni qo`llashning ahamiyati.
Ta’limning interfaol usullari va ularni amalda qo’llash tartibi.
Guruhlarga bo`linib ishlash – eng samarali uslub.
3.Interfaol metodlarning turlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va ilmiy hayotimizda ko’plab yangiliklar, umumbashariy jarayonlar bilan bogliq ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Fan va texnika olamida turli – tuman ajoyib kashfiyotlar yuz bermoqda.
Ijtimoiy hayot sohalarida sodir bo’layotgan voqea – hodisalarni to’g’ri talqin qilishda, murakkab pedagogik jarayonlarning yechimini topishda ko’pincha ilmiy atamalarni to’gri anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi.“Eng muhimi inson va fuqaroning fikrlash va dunyoqarashi o’zgarmoqda, siyosiy va ijtimoiy ongi, 1 , - deb ta’kidlaydi uning umumiy saviyasi to’xtovsiz o’sib bormoqda” Prezidentimiz I.A.Karimov.
Mana shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni, tarixiy merosimizni avaylab, bilim va ko’nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda , yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishda “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” fanlarining ahamiyati va o’rni salmoqlidir. Insoniyat tarixida ro’y bergan ijtimoiy voqea – hodisalarni, hayotda sodir bo’layotgan yangiliklarni tushunib olish va uni himoya qilish uchun zamonaviy fan bilan bog’lanish zarur hisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviy tarix fani esa o’quvchilarni avvalo jamiyatdagi yangiliklar, bo’lib o’tayotgan voqea – hodisalarning sabab va oqibatlarini, o’tmishda ro’y bergan tarixiy jarayonlarning asoslarini o’rganish va o’rgatishdan hamda yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga, insoniy fazilatlarga, mehnatsevarlikka, halq merosiga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalashda asosiy o’rin tutadi. Bunday masalalarni tarix darslari jarayonida o’quvchilar ongiga singdirishda esa zamonaviy metodlar va interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1Barkamol avlod orzusi. T. Risqiyev tahriri ostida. T. “Sharq”, 1997, 43 – bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |