O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
407-GURUH TALABASI
TEMIROV JAMOLIDDIN
KURS ISHI
MAVZU: ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI METODLAR
ISH RAHBARI: ________________________
TOSHKENT-2021
Adabiyotshunoslikdagi metodlar
Reja:
I. Kirish.
Metod, metodologiya , metodika tushunchalari haqida.
II. Asosiy qism:
1. Adabiyotshunoslikdagi metodlar haqida
2. Romantizm metodi
3. Bugungi adabiyotshunoslik haqida ( B.Karimov )
III. Xulosa.
IV. Adabiyotlar roʻyxati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va ilmiy hayotimizda ko’plab yangiliklar, umumbashariy jarayonlar bilan bogliq ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Fan va texnika olamida turli – tuman ajoyib kashfiyotlar yuz bermoqda. Ijtimoiy hayot sohalarida sodir bo’layotgan voqea – hodisalarni to’g’ri talqin qilishda, murakkab pedagogik jarayonlarning yechimini topishda ko’pincha ilmiy atamalarni to’gri anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi.“Eng muhimi inson va fuqaroning fikrlash va dunyoqarashi o’zgarmoqda, siyosiy va ijtimoiy ongi, uning umumiy saviyasi to’xtovsiz o’sib bormoqda”1, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universiteti talabalari bilan suhbatda ularga qarata: „Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishingiz kerak“,1 –dedi. Bundan tashqari, yoshlar bilan ishlashni ham dolzarb masalardan biri sifatida qo‘ygan holda, shunday fikrlarni bildiradi: „Farzandlarimizni mustaqil fiklaydigan, zamonaviy kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochib berish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, bunda jamiyat tashkilotlari ishtirokini yanada kengaytirish kabi masalalarga doimiy e’tibor qaratamiz“.
Mana shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni, tarixiy merosimizni avaylab, bilim va ko’nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda , yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishda adabiyot va adabiyotshunoslikka dahldor fanlarning salmog’ benazirdir.
Insoniyat tarixida ro’y bergan ijtimoiy voqea – hodisalarni, hayotda sodir bo’layotgan yangiliklarni tushunib olish va uni himoya qilish uchun zamonaviy fan bilan bog’lanish zarur hisoblanadi. Bugungi kunda adabiyotshunoslik va unga unga doir fanlar esa o’quvchilarni avvalo jamiyatdagi yangiliklar, bo’lib o’tayotgan voqea – hodisalarning sabab va oqibatlarini, o’tmishda ro’y bergan tarixiy jarayonlarning asoslarini o’rganish va o’rgatishdan hamda yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga, insoniy fazilatlarga, mehnatsevarlikka, xalq merosiga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalashda asosiy o’rin tutadi. Bunday masalalarni adabiyotshunoslik darslari jarayonida o’quvchilar ongiga singdirishda esa zamonaviy metodlar va interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |