Temirov jamoliddin kurs ishi mavzu: adabiyotshunoslikdagi metodlar ish rahbari


Adabiyotshunoslikdagi metodlar haqida


Download 78.56 Kb.
bet3/6
Sana13.05.2023
Hajmi78.56 Kb.
#1457197
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Temirov Jamoliddin

Adabiyotshunoslikdagi metodlar haqida

San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning umumiy yo‘llari ijodiy metod deb yuritiladi. Adabiyotshunoslikka doir darslik, qo‘llanma-lug‘atlarda “ijodiy metod” tushunchasiga “yozuvchining hayotiy faktlarni tanlash, umumlashtirish, baholash va badiiy obrazlarda aks ettirishda qo‘llagan asosiy prinsiplari”, “san’atkorning anglanayotgan voqelikka ijodiy munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy asarda voqelikni qayta tiklash prinsipi”, “turmush hodisalarini tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi” deb ta’rif beriladi. Jumladan, D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Metod (yun. methodos – tadqiq usuli) – 1) ijodiy metod; marksistik estetikaning asosiy kategoriyalaridan biri, XX asrning 20-yillaridan keng ommalashgan va ma’nosi o‘zgarib borgan termin. 30 – 40-yillar adabiyotshunosligida adabiyot va san’atdagi hayotni badiiy aks ettirishning asosiy tamoyillari metod deb yuritilib, ikkita – realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb hisoblangan. Keyinroq metod deganda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. Ya’ni bunda metod badiiy tafakkur tarzi sifatida tushunilib, ijodkor e’tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va baholashida namoyon bo‘luvchi hodisa sanalgan. Keyingi ma’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini ilmiy asoslash jarayonida amalga oshgan va mafkuralashgan sho‘ro adabiyotshunosligida metod tushunchasiga o‘ta muhim ahamiyat berilgan. Terminning keyingi ma’noda qo‘llanishi badiiy ijoddagi ikki muhim unsur – metod va uslubni alohida kategoriyalar sifatida tushunishga imkon bergan. Bunda badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metodga gnoseologik (ya’ni badiiy bilish bilan bog‘liq), uslubga esa antropologik (ya’ni ijodkor shaxsi bilan bog‘liq) kategoriya sifatida qaraladi (uslub). Adabiyotshunoslikda metod terminini bu ma’noda qo‘llashda ham turlichaliklar bor. Jumladan, romantizm, realizm, tanqidiy realizm, sotsialistik realizm kabilar ijodiy metod sifatida ko‘rsatilsa, klassitsizm ba’zan metod, ba’zan esa adabiy yo‘nalish sifatida ko‘rsatiladi. Holbuki, klassitsizmda ham o‘ziga xos hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari mavjud bo‘lib, bu jihatdan u bemalol metod sanalishi mumkin. Hozirgi adabiyotshunoslikda ijodiy metod termini qo‘llanishda passivlashdi; 2) tadqiqot usuli. Bu ma’noda metod badiiy asar va adabiy jarayonni tadqiq etish tamoyillari va usullarini bildiradi: biografik metod, qiyosiy metod, sotsiologik metod va boshqalar” deyilgan. Ularda so‘z san’atida inson dunyosini badiiy gavdalantirishning ikki yo‘li: romantizm va realizm yo‘li bor, deb qayd qilinadi. Bunda insonning o‘ziga xos tabiatidan kelib chiqiladi. Ayonki, odam real hayotga bog‘lanib, o‘zining orzu-havaslari dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot tarziga qanoat qilishdan ko‘ra, turmushni o‘zgartirish istagi, uni yanada yaxshilash havasi hamisha baland turadi.

Ehtimol, shu boisdan, qadimgi dunyo adabiyoti asarlarining aksariyati romantizmga asoslangan. Yunon dramaturgi Sofokl mazkur hodisani sharhlab: “Men odamlarni ular qanday bo‘lishi lozim bo‘lsa, shunday tasvir etaman, u (ya’ni Evripid –A.U.) esa odamlarni, ular aslida qanday bo‘lsalar, shunday tasvir etadi”, degan. “Alpomish” dostonidagi Alpomish, Barchin, Qaldirg‘och, Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod kabi obrazlar ham ajdodlarimizning asl inson haqidagi orzu-xayollarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Asl inson qanday bo‘lishi kerak, degan muammo adabiyotda azaldan asosiy mavzu bo‘lib kelgan. Shuning uchun kishilarning haqiqiy inson haqidagi orzu-havaslarini aks ettiruvchi asarlar­ ko‘p yaratilgan. Homerning “Iliada” va “Odisseya”si, hind­ larning “Mahobhorat” va “Ramayana”si, o‘zbeklarning “Al­ pomish”i, Firdavsiyning “Shohnoma”si, “Xamsa” dostonlari shundan dalolat beradi. Asl inson haqidagi orzular aksi bo‘lgan bu asarlar kishilarni yovuzlik, shafqatsizlik, johillik olamidan uzoqlashtirib, ma’nan ulg‘aytirgan.

Insoniyatda azaldan orzu-havas hissi yuksak bo‘lgani bois adabiyotda romantizm metodi yetakchilik qilib kelgan. Bu ijodiy metod, ayniqsa, Sharq adabiyotida ustuvor bo‘lgan. XX asr boshigacha ham o‘zbek adabiyotida ham romantizm me­ todi asosiy o‘rin tutgan. Albatta, mavjud hayot hodisalariga munosabatni­ ifodalaydigan, turmush hodisalarini haqqoniy aks ettiruvchi asarlar ham yozilgan va ularning aksariyati, asosan, tanqidiy, hajviy ruhga yo‘g‘rilgan. Mavjud hayotga tanqidiy yondashish esa uni o‘zgartirish, yanada to‘kis, farovon qilish orzusidan tug‘iladi. Odamlarning orzu-havaslarini ifodalash romantizm ijodiy metodiga xos xususiyatdir.



Download 78.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling