4-laboratoriya ishi intruziv magmatik tog‘ jinslari laboratoriya ishining maqsadi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1454798
  1   2   3   4
Bog'liq
4 INTRUZIV MAGMATIK TOG‘ JINSLARI



4-LABORATORIYA ISHI 
 
INTRUZIV MAGMATIK TOG‘ JINSLARI 
1. Laboratoriya ishining maqsadi 
Intruziv magmatik tog‘ jinslarinining kelib chiqishi va ularning turlarini 
o’rganish. 
 
2. Umumiy ma`lumotlar 
Chuqurlik jinslari yuqori darajadagi mustahkamlikka, o‘rtacha zichlikka, 
juda past g‘ovaklikka ega bo‘ladi. Bu guruhda kremnezyom miqdori pasayib 
borish qatorida pegmatitlar, granitlar, granodioritlar, granosienitlar, sienitlar, 
dioritlar, gabbrolar, peridotitlar, dunitlar va piroksenitlarni ko‘rib chiqamiz.
 
Pegmatit - (yahudiy toshi, yozuvli granit) kremnezyom miqdori SiO
2
>75 
% bo‘lgan o‘tanordon jins. Pushti, qizg‘ish, och kulrang, sariqsimon va b. 
ranglarga ega. Uning strukturasi to‘liq kristalli, yirik donali (4.1-rasm). 
Pegmatitlarda dala shpati va to‘g‘ri yo‘nalgan kvars donalarining qonuniy 
o‘sishi tufayli o‘ziga xos pegmatitli struktura rivojlanadi. Teksturasi yaxlit. 
Alohidaligi qatlamli. 
Mineral tarkibi: dala 
shpatlari, odatda ularning 
kaliyli turi, kvars, slyuda. 
Berill 
va 
turmalinning 
mavjudligi xarakterli. 
Tomirlar, shtoklar va 
linzalar shaklida uchraydi. 
Pegmatit 
tomirlarining 
o‘lchami turlicha bo‘lib, 
qalinligi bir necha metr 
bo‘lganda uzunligi bir necha 
kilometrlarga 
etishi 
mumkin.
Pegmatit tomirli jins hisoblanadi. Uchuvchi komponentlarga boy qoldiq 
magmadan kristallanadi. U keramika va shishasozlik sanoatlari uchun dala 
shpatlarining, elektrotexnika sanoati uchun esa slyudalar va pezokvarsning 
asosiy manbasi hamda qimmatbaho tosh hisoblanadi. Ularda nodirmetalli va 
siyrakerli minerallar uchraydi. 
 
Granittabiatda keng tarqalgan 65 - 75% SiO

ga ega nordon jinsdir. 
Granitning rangi pushti, qizg‘ish, och kulrang, sariqsimon va b. bo‘ladi. 
4.1-rasm. Pegmatit strukturasi


Strukturasi to‘liq, bir tekis kristalli, o‘rta va yirik donali, teksturasi yaxlit (4.2-
rasm). Qatlamli matratsasimon, ustunsimon va parallelepipedli alohidalik xos 
bo‘ladi. 
4.2-rasm. Ishqorli granit strukturasi. 
 
4.2-rasm. Granitning shlifda ko‘rinishi 
Uning mineral tarkibiga kaliyli dala shpati (ortoklaz, mikroklin) yoki 
miqdori 40 dan 60% gacha nordon plagioklaz, 20 dan 40% gacha kvars va 5 
dan 20% gacha qora rangli minerallar (biotit, rogovaya obmanka) kiradi (4.2-
rasm). Ba’zan epidot, turmalin va granatlar uchraydi. 
Odatda batolitlar, shtoklar, ba’zan daykalar, lakkolitlar va tomirlar 
shaklida uchraydi. 
Granit bino va imoratlarning tashqi bezagi hamda skulptura ishlarida 
foydalaniladi. Granit tanalari bilan turli qimmatbaho metallarning (qalay, 
volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, rux va b.) konlari bog‘liq. 
Granitning bir necha turlari mavjud. Rapakivi – ortoklazning yirik 
kristallariga ega biotit-rogovoobmankali granit. Charnokit - tokembriy 
yoshidagi granitlar orasida ko‘plab uchraydigan giperstenli granit. Alyaskitlar 
- plagioklaz miqdoriga nisbatan kaliyli dala shpatlarining miqdori yuqori 
bo‘lishi xarakterli; amalda qora rangli minerallar uchramaydi, agar biotit 
uchrasa, uning miqdori har doim 5% dan kam; kvars jins hajmining 35-40% ni 
tashkil etadi. Plagiogranitlar - granitdan farqli o‘laroq amalda kaliyli dala 
shpatlari bo‘lmaydi; uning tarkibiga nordon plagioklaz, kvars, rogovaya 
obmanka kiradi (4.3-rasm).
Intruziv jinslarning nordonlaridan o‘rta tarkibdagilariga qarab oraliq turlari 
ajratiladi. Ularga granodiorit, tonalit, granosienit kiradi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling