4-laboratoriya ishi mavzu: Avtomatlashtirishning funksional chizmalarini gost 21-208-2013 bo‘yicha AutoCad dasturi yordamida tayyorlashni o‘rganish Ishning maqsadi


Download 430.26 Kb.
bet1/5
Sana06.10.2023
Hajmi430.26 Kb.
#1694194
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Lab btl


4-LABORATORIYA ISHI


Mavzu: Avtomatlashtirishning funksional chizmalarini
GOST 21-208-2013 bo‘yicha AutoCad dasturi yordamida tayyorlashni o‘rganish


Ishning maqsadi
Ushbu laboratoriya ishi AutoCad dasturi yordamida avtomatlashtirishning loyiha xujjatlarini tayyorlashni o‘rganishga mo‘ljallangan.
Talaba ushbu laboratoriya ishini bajarish jarayonida GOST 21.208-2013 bo‘yicha avtomatlashtirishning funksional chizmalarini AutoCad dasturidan foydalanib tayyorlashni o‘rganadilar.
Talabaga laboratoriya ishini bajarishga ushbu uslubiy ko‘rsatmani va ma’ruza matnining ushbu mavzuga ta’luqli bo‘limlarini o‘rganganidan so‘ng ruxsat beriladi.


Laboratoriya ishiga topshiriq
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funksional chizmalarini tayyorlash uchun texnologik sxemani chuqur o‘rganib chiqib, nazorat va rostlanadigan parametrlarni aniqlash;
AutoCad dasturi yordamida avtomatlashtirishning funksional chizmasini tayyorlashni o‘rganish;


Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funksional chizmalari haqida
Funksional chizmalar asosiy texnik xujjat bo‘lib, texnologik jarayonlarni nazorat qilish, rostlash va boshqarishning aloxida qismlarining funksional blok tuzilmasini, hamda boshqarish obyektini o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari bilan ta’minlanganligini belgilaydi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish chizmasi mashina-jixozlar chizmasini o‘z ichiga olib, unda shartli belgilar yordamida boshqarish organlari, avtomatlashtirishning asbob va vositalari va ular orasidagi aloqalar ko‘rsatiladi.
Avtomatlashtirish sxemalarini bajarishni 2 xil varianti mavjud:
-soddalashtirilgan;
-yoyib ochib berilan.


Texnologik jixozlarni avtomatlashtirish chizmalarida ko‘rsatilishi: Texnologik jixozlar avtomatlashtirish chizmasida boshqarish organlari, elektrjixozlar va yordamchi qurilmalarning asosiy kommunikasiyalari ko‘rsatilgan xolda masshtabsiz chizmaning 2/3 yuqori qismida ko‘rsatiladi.
Texnologiya chizmasi GOST 2.785-70, GOST 14202-69, GOST 21106-78, GOST 2. 721-74 lardan foydalanib chiziladi.
Bu chizmalarda jixozlar konturlari 0,5mm li ingichka chiziqlar bilan, kommunikasiyalar 1-2mm qalinlikda chiziladi. Chiziqlar kesishgan joylari, agar ular bir-biriga ulangan bo‘lsa nuqta qo‘yiladi, agar ulanmagan bo‘lsa, nuqta qo‘yilmaydi.
Texnologik jixozlar va kommunikasiyalar avtomatlashtirish chizmasida odatda soddalashtirilgan xolda ko‘rsatilib, uning ishlash prinsipi to‘g‘risida aniq tasavvur berishi kerak.



Download 430.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling