4-laboratoriya ishi rezistor qarshiligini ommetr bilan o‘lchash ishdan maqsad


Download 349.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.11.2020
Hajmi349.9 Kb.
#148701
Bog'liq
4-лаборатория иши


4-LABORATORIYA ISHI 

 

REZISTOR QARSHILIGINI  OMMETR BILAN O‘LCHASH 

 

Ishdan  maqsad:  Ommetr  qurilmasining  tuzilishi  va  ishlash  prinsiplari  bilan  tanishish. 

O‘lchash ishlarini bajarishga ko‘nikmalar hosil qilish.  



Vazifa:Xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan xolda tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni 

o‘lchash. 



Asbob  va uskunalar: ommetr, turli qiymatlardagi doimiy va o‘zgaruvchan  

qarshilik rezistorlari. 



 

Nazariy qism 

Rezistorlar radioelektronikaqurilmalarida eng keng tarqalgan elementlardan biri sanaladi 

va  elektr  zanjirida  tokni  boshqarib  turishda  qo‘llaniladi.  Rezistorning  qarshiligi  –uning  asosiy 

parametrlaridan  biri  hisoblanadi.  Elektrik  qarshilikning  asosiy  o‘lchov  birligi  bo‘lib  om  (Om) 

xizmat  qiladi.  SHuningdek  amaliyotda    uning  hosilaviy  o‘lchov  birliklari  -Kiloom  (KOm), 

Megaom (MOm), Gigaom (GOm) lardan ham foydalaniladi va ular asosiy birliklar bilan quyidagi 

munosabatlarda bog‘liqlikda  bo‘ladi: 

1 kOm = 1000 Om, 

1 MOm = 1000 kOm, 

1 GOm = 1000 MOm.  

 

 

 



 

 

 



 

 

4.1-rasm.  Rezistorning umumiy ko‘rinishi.  



 

Rezistorlarni  o‘zgarmas  qarshilikka  ega  bo‘lgan  doimiy,  hamda  qarshiliklarini  ish 

jarayonida    ma’lum  bir  oraliqlarda  o‘zgartirish  mumkin  bo‘lgan  o‘zgaruvchan  rezistorlarga  

bo‘lish mumkin. 

Rezistorlar    qarshiliklarni  aniq  bir  qiymatlari  bilan,  Om  birlikdan  to  o‘nlab  Mom  larda 

bo‘lgan  keng  assortimentda  ishlab  chiqariladi  va  radioelektronika  sohasida  keng  miqyosda 

qo‘llaniladi.  

 

Doimiy rezistorlar 

Prinsipialsxemalarda,  rezistorni  shartli  belgilari  qatorida    uning  qarshilik  qiymati  qo‘yib 

chiqiladi.    Kiloomdan  kam  bo‘lgan  qarshiliklar  o‘lchash  birliklarisiz,  son  sifatida  yoziladi;  bir 

kiloom  va  undan  yuqori  bo‘lgan,  biroq  bir  megaomdan  kam  bo‘lgan  qarshiliklar  kiloomlarda 

ifodalanadi va raqam  yonida “K” harfi qo‘yiladi; bir megaom  va undan yuqori bo‘lgan qarshilik 

son kabi yoziladi va yoniga ”M” harfi qo‘yiladi (4.2-rasm.):masalan, 10 M (10 megom), 5,1 K 

(5,1 kiloom); 470 (470 Om); K68 (680 Om). 

 


 

4.2-rasm. Turli ko‘rinishdagi doimiy rezistorlar 

 

Qarshilik  qiymatlari  odatda  rezistorlarning  yuza  qismida  ko‘rsatiladi.    Kichik  gabaritli 



rezistorlarni tamg‘alash (markirovka) uchun harf-raqamli koddan yoki ranglar yo‘l-yo‘lliklardan 

tuzilgan  rangli  koddan  foydalaniladi.  Harfli-raqamli  koddan  foydalanilganda  rezistorlar 

qarshiliklari  o‘lchash birligini ko‘rastgan xolda, raqamlar bilan belgilanadi. Quyidagicha xarflar 

bilan ifodalash qabul qilingan: R - om, K - kiloom, M-megaom. 



 

Rezistorlarning nominal qiymatidagi xatoliklar   

 

Rezistorlar tayyorlash texnologiyasining takomillashmagani oqibatida  ularning qarshiliklari 



berilgan  (nominal)  qiymatdan  farqlanib  turadi.  Sanoatda  qarshiliklarning  yo‘l  qo‘yiladigan 

og‘ishlaridagi  ±5%, ±10%, ±20% keng qo‘llaniladigan rezistorlar chiqariladi.   SHuning uchun  

rezistor korpusda va pasportida nominal qiymat bilan bir qatorda  yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlarning 

chegaralari  ko‘rsatiladi.  Bunda  12k  ±5%  ko‘rinishdagi  yozuv  rezistor  qarshiligining  nominal 

qiymati    12  kOmni  tashkil  etishini  anglatadi.  Haqiqiy  qiymatlari  esa  nominaldan    farq  qilishi 

mumkin, biroq ±0,6 kOm (12kOm dan ±15% ga) ko‘p bo‘lmagan holda. 

Rangli  bo‘lgan  tamg‘alashdan  (markirovkalashda)  foydalanilganda  rezistor  nominalini 

og‘ishi aloxida yo‘l-yo‘llikda belgilanadi (maqola ostidagi jadvalga qarang). 

O‘lchashda qo‘llaniladigan radioelektron qurilmalarda  yuqori aniqliklardagi rezistorlardan 

foydalaniladi. Bunday rezistorlar  prezitsion rezistorlar deb ataladi.   



 

Rezistorning quvvati  

 

Tokni oqib o‘tishidagi rezistorda ajralib chiqadigan issiqlik energiyasi uni yuzasidan o‘rab 



turuvchi  bo‘shliqlarga qarab tarqalib ketadi.  Biroq, agar rezistor ajratadigan quvvat juda katta 

bo‘lsa, unda issiqlik uni yuzasidan  ajralib chiqib ketishga ulgurmaydi. Rezistor xaddan ziyod qizib 

ketishi    va  yonib  ketishi  ham  mumkin.  SHuning  uchun  har  bir  rezistor  u  tarqatib  yuborishi 

qobiliyatiga  ega  bo‘lgan    qat’iy  belgilab  qo‘yilgan  maksimal  yo‘l  qo‘yiladigan  qiymatdagi 

quvvatiga  ega bo‘lishi lozim.   

Rezistorlarning    quvvati,  odatda  o‘lchamlari  bo‘yicha    (rezistorni  o‘lchami  qancha  katta 

bo‘lsa  quvvati  shuncha  ko‘p  bo‘ladi)  yoki  korpusidagi    belgisi  bo‘yicha  aniqlash  mumkin. 

Prinsipialsxemalarda  odatda  foydalanilayotgan  rezistorni    quvvati  ko‘rsatiladi.  Rezistorlar 

quvvatini mavjud emasligi, unda salmog‘i yo‘q quvvat ajralishini va ushbu qarshilikdagi istalgan 

rezistorni qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.  



 

Ishni bajarish tartibi  

Birinchi usul 

 

Sxema  bo‘yicha  rezistor  qarshiligini  aniqlash.  Agar  sizda  elektron  qurilmaning  sxemasi 



bo‘lsa va  uni siz o‘qiy olsangiz,  unda sizga yonida uni nominali kiritilgan,  izlangan rezistorni 

aniqlash qiyin bo‘lmaydi.  



 

Ikkinchi usul 

 

Elektron qurilmaning sxemasi mavjud bo‘lmaganda rezistor qarshiligini maxsus asbob bilan 



o‘lchash mumkin.  Buning uchun Ommetr (4.3-rasm) yoki  “Multimetr” (4.4-rasm) bo‘lishi kerak.  

Sizga  shchuplar  yordamida  ommetr  asbobini  rezistor  uchlariga  ulab  ularni  qiymatini  aniqlash 

mumkin.   Bunda  Multimetrni Ommetr rejimiga o‘tkazish lozim. Agar o‘lchash asbobi milli kam 

og‘sa, yoki aksincha, shkala diapazonidan oshib ketsa, unda o‘lchash asbobi shkalasida o‘lchash 

diapozonini o‘zgartirish kerak.  

 

 



4.3-rasm.Qarshilikni o‘lchash uchun qurilma - ommetr. 

 

 



4.4-rasm. Elektrik parametrlarni o‘lchash uchun  

universal asbob- multimetr. 

 

Bunday uslubning asosiy kamchiligi shundaki,  sxemaga qurilgan rezistorni o‘lchashdan 



avval kavsharlash lozim, bo‘lmasa o‘lchash natijasi haqiqiy bo‘lmaydi.  

 

4.5-rasm. Rezistorlarni  markirovkalash. 



 

Uchinchi usul 

Rezistorni qarshiligi uni markirovkasi bo‘yicha juda oddiy aniqlanadi (4.5-rasm). Bu usul 

uchun  yaxshi  lupa  kerak  bo‘ladi.  Har  bir  rezistorda    uni  parametrlarining  zavodga  xos 

markirovkasi bo‘ladi.   

Eski  namunadagi  rezistorlarda  ular  harfli-raqamli  bo‘lgan.  Bu  juda  qulay  edi,  chunki  

ko‘pincha  rezistorlar  markirovkalash  sxemasiga  pastdan  kavsharlanardi  va  bunda  ularni 

nominallarni  hisoblashni  imkoni  bo‘lmasdi.  Bundan  tashqari  kichik  quvvatlardagi  rezistorlarda  

markirovka shunday mayda ediki, lupasiz uni bajarishni iloji bo‘lmasdi. Zamonaviy  rezistorlarda 

markirovka  turli  rangdagi  xalqalar  ko‘rinishida  kiritiladi.  Har  bir  halqaga    raqam  yoki 

ko‘paytirgich  mos  keladi.  Turli  ishlab  chiqaruvchilar    turli  vaqtlarda  xar  xil  bo‘lgan  kodlash 

tizimidan ( to‘rt va besh belgili) foydalanganligi tufayli, faqat shuni aytish mumkinki,  raqamli 

qiymatdagi halqalar kombinatsiyasining o‘tkazish jadvalini  maxsus adabiyotlardan topsa bo‘ladi. 

Agar  siz  doimo  elektron  apparaturada  ishlasangiz,    ularni  nusxa  olgan  xolda  qo‘l  ostida 

saqlashingiz maqsadga muvofiq.   

SHunday qilib,  istalgan vaziyatda rezistor qarshiligini aniqlash imkoniga ega bo‘lish  uchun 

kuyidagilar bo‘lishi zarur: 

   - qarshilikni o‘lchash uchun asbob— Ommetr (Multimetr) 

- kavsharlagich  

- lupa 

- rezistorlarni halqaviy markirovkalash uchun jadvallar. 



Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 

1.  Rezistor nima? 

2.  Qarshilikni o‘lchash usullari. 

3.  Rezistorlarni qo‘llanishi.  

4.  Rezistorlarni turlari. 

5.  O‘zgaruvchan qarshilik doimiydan nimasi bilan farqlanadi? 



 

Download 349.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling