4-maruza. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni reja


Download 99.9 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi99.9 Kb.
#1476253
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 (1)


4-MARUZA. ENERGIYANING SAQLANISH VA AYLANISH QONUNI
Reja:

  1. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni.

  2. Termodinamik jarayonda ish va issiqlik miqdori.

  3. Ichki energiya. Gazning kengayishda bajargan ishi. Termodinamikaning birinchi qonunining analitik ifodasi va ta’rifi

  4. Gazlar entropiyasi va entalpiyasi. Termodinamikaning 1 – qonunining entalpiya orqali ifodalanishi

Tayanch iboralar. Energiya, termodinamik jarayon, issiqlik miqdori,entropiya, ichki energiya, bajarilgan ish, entalpiya.
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni tabiatning umumiy tavsifga ega bo‘lgan fundamental qonunidir. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: energiya bordan yo‘q bo‘lmaydi va qaytadan paydo bo‘lmaydi, u faqat turli fizikaviy hamda kimyoviy jarayonlarda bir turdan boshqa turga o‘tadi. Boshqacha qilib aytganda, izolyatsiyalangan har qanday tizimda shu tizim ichida energiya o‘zgarmasdan saqlanib turadi.
Energiyaning saqlanish qonuni mexanikada ko‘pdan beri mexanikaviy (kinetik va potentsial) energiyaga tatbiqan ma’lum bo‘lgan. M.V. Lomonosov (1745-1748, Rossiya), D. Joul (1842-1850, Angliya), R Mayer (1842-1845, Germaniya), G. Gess (1840, Rossiya), E. Lents (1844, Rossiya), G. Gelmgolts (1847, Germaniya) va boshqa olimlarning ishlari bilan issiqlik va ishning ekvivalentlik printsipi aniqlangandan keyin saqlanish qonuni energiyaning boshqa turlariga ham tadbiq qilina boshlandi va uning mazmuniga muvofiq energiyaning saqlanish va aylanish qonuni deb atala boshlandi.


1-rasm. Energetik o’zaro ta’sir o’lchovi sifatida issqlikni aniqlash sxemasi.
Hozirgi vaqtda energiyaning turli xillari–jismni tashkil qilgan zarrachalar- ning issiqlik energiyasi, butun jismning umuman kinetik energiyasi, gravitatsion maydon energiyasi, elektr energiyasi, magnit maydoni, yadro ichki energiyalari va boshqa energiyalar ma’lum. Energiyaning saqlanish qonuniga barcha termodinamik jarayonlar ham bo‘ysunadi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonunining issiqlik jarayonlariga tegishli bo‘lgan xususiy holiga termodinamikaning birinchi qonuni deb ham ataladi. Energetik o’zaro ta’sir o’lchovi sifatida issiqlikni aniqlash sxemasi 1-rasmda keltirilgan.



Download 99.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling