4-maruza. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni reja


Gazning kengayishda(siqilishda) bajargan ishi


Download 99.9 Kb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi99.9 Kb.
#1476253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 (1)

Gazning kengayishda(siqilishda) bajargan ishi
Bir jismdan ikkinchi jismga ishchi jismning hajmi o‘zgarishi orqali energiya uzatilishiga ish deb yuritiladi. Mexanikaviy ish hosil qilishda ikki yoki undan ortiq jismlar qatnashadi. Birinchi jism ish hosil qilib, energiya bersa, ikkinchi jism energiyani qabul qiladi.
Gazning kengayishda bajargan ishi termodinamik holat parametrlarining (p, v, T) o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi.
Gazning kengayishida bajaradigan ishini aniqlaydigan tenglamani keltirib chiqarish uchun o‘zgarmas bosimda tsilindrdagi gazga issiqlik berilishi jarayonini ko‘rib chiqamiz (3 – rasm).
Aytaylik, silindrdagi 1 kg gazning bosimi P, solishtirma hajmi V1 va porshen yuzasi F ga teng bo‘lsin. Agar gazga q issiqlik berilsa, gaz o‘zgarmas bosimda kengayadi va porshen siljiy 2 nuqta holatini egallaydi (3 – rasm). Bunda porshen kesimi yuzasiga ta’sir etuvchi kuch - P·F ga teng; porshen ko‘chish masofasi S bo‘lsa, kuch bilan ko‘chishning ko‘paytmasi ishga teng bo‘ladi. U holda, gazning bajargan ishi quyidagiga teng:
l = P F S (8)
bunda F S = v2 – v1 ga teng. Shuning uchun (8) ni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
l = P ( v2 – v1 ) = P v (9)
Gazning elementar hajmi o‘zgarishida hosil qilgan ishi tenglamasi quyidagi- cha yoziladi:
dl = Pdv (10)
Sistema holati 1 dan 2 holatga o‘zgarishida hosil bo‘ladigan ish, jarayon egri chizig‘i 1 – 2 ning ostidagi shtrixlangan yuzaga teng bo‘ladi.
Agar bosim P=const bo‘lsa, (3 – rasm):
(11)
Agar dv >0 bo‘lsa, gaz kengayadi va ish musbat; dv <0 bo‘lsa, gaz siqiladi va ish manfiy deb hisoblanadi.
1 2
P
P
P1 1
v
v1 v2
S


P2 2
F v
q1 v1 dv v2


Download 99.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling