4-maruza. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni reja


TERMODINAMIK JARAYONDA ISH VA ISSIQLIK MIQDORI


Download 99.9 Kb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi99.9 Kb.
#1476253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 (1)

TERMODINAMIK JARAYONDA ISH VA ISSIQLIK MIQDORI.

Ishchi jismga tashqi ta’sir (siqish, kengayish, qizdirish va hokazo) ko’rsatil- ganda uning holat ko’rsatkichlari o’zgaradi. Ishchi jism holat ko’rsatkichlarining har qanday o’zgarishda termodinamik jarayon deyiladi.


Muvazanat holatdagi jism deb,uning har bir nuqtasida v, R, T va boshqa fizik xususiyatlar bir xil bo’ladigan holatga aytiladi.
Agar silindrdagi gaz porshen yordamida siqilganda yoki kengaytirilganda ishchi jism silindr hajmining har qanday nuqtasida T va P har xil bo’ladi – bu holat nomuvazonat holat deyiladi. Termodinamik jarayonlarda jismlar bir-birlari bilan energiya almashadi, buning natijasida bir jismning energiyasi ko‘payadi, boshqasida kamayadi. Jarayonlarda jism energiyasi ikki xil usulda bir jismdan ikkinchi jismga o‘tishi mumkin.
Birinchi usul: Bunda issiq jismdan unga nisbatan sovuq bo‘lgan jismga energiya o‘tadi. Bu usuldagi energiyaning miqdori issiqlik miqdori deyiladi va o‘tish usuli – energiyaning issiqlik formasida uzatilishi deb ataladi. Issiqlik Q harfi bilan belgilanadi, Joulda o‘lchanadi.
Ikkinchi usul: Tashqi bosim ta’sirida jism o‘zining hajmini o‘zgartiradi. Bu usul energiyaning ish formasida uzatilishi deyiladi va uzatiladigan energiyaning miqdori ish deb ataladi. Ish L bilan belgilanadi, Joulda o‘lchanadi.
Umumiy hollarda energiya bir paytda ham issiqlik formasida ham ish formasida uzatiladi.
1 kg ishchi jismning ishi – bilan belgilanadi, ; issiqlik miqdori – q bilan belgilanadi, .
Gazning bajargan ishini hisoblash:
Ishning ifodasini ko‘rib chiqish uchun 1-2 jarayonda gaz hajmini o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz (2-rasm).
Hajmni cheksiz kichik o‘zgarishi pv da cheksiz kichik ish 1k g gaz uchun:
dℓ = pdv (1)
Gazning v1 dan v2 gacha hajm o‘zgarishida bajarilgan ish
ℓ = , (2)




Download 99.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling