4-ma’ruza Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Web-sahifa yaratish texnalogiyalari. Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish. Kompyuter grafikasi va uning turlari


Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana23.09.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1686241
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
4-ma\'ruza

Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili. 
Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – 
URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan 
foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi 
manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi. 


Kompyuter 
domen 
manzilining 
namunaviy 
ko’rinishi 
quyidagicha: 
http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning 
tagiga chiziladi. 
Namunadan ko’rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O’ng 
tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, 
keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko’p 
qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik 
joylar bo’yicha nomlanadi. 
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko’rinishda ifodalanadi:
http://www. sayt nomi. sayt soxasi. davlat kodi. 
Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi. 
Internet tarmog’ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish 
imkoniyatini berish uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan 
axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday 
serverlarni qanday qurishga bog’liq.
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brouzerlar deb ataladigan axborotni ko’rish uchun 
mo’ljallangan o’ndan ortiq turli vositalar mavjud. Brouzer web-sahifalarni ko’rish dasturi 
hisoblanadi. Bunda brouzerga yuklangan Web sahifadagi Giperbog’lanishga sichqoncha 
ko’rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu bog’lanishda ko’rsatilagn sahifa brouzerga 
yuklanadi. Bunday hollar hech qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki 
giperbog’lanish barcha kerakli ma’lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML 
teglarini topib, ular talabi bo’yicha ma’lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o’zi esa ekranda 
aks ettirilmaydi. 
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko’plab turlari mavjud. Eng mashhurlari: Internet 
Explorer (Windows operasion tizim tarkibidagi bastur), Opera, FireFox. 
Internet Explorer 
Opera 
Firefox 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling