4-ma’ruza Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Web-sahifa yaratish texnalogiyalari. Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish. Kompyuter grafikasi va uning turlari
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter (hisoblash) tarmog’i
- Tarmoq abonentlari
- Fizik uzatish muhiti
(hisoblash) tarmoqlari ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘p mashinali hisoblash majmualari yonma yon joylashtirilgan hisoblash mashinalari guruhi bo‘lib, ular maxsus bolash vositalari yordamida birlashtirilgandir va birgalikda yagona axborot hisoblash jarayonini bajaradi. Kompyuter (hisoblash) tarmog’i aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to‘plami bo‘lib, u ko‘p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. Kompyuter tarmog’i "tarmoq abonenti ", "stansiya " va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Tarmoq abonentlari tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni isteomol qiluvchi oboektdir. Alohida EHMlar, EHM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo‘lishlari mumkin. Tarmoning xar bir abonenti stansiyaga ulanadi. Stansiya axborot uzatish va qabul qilish bilan borliq vazifalarni bajaruvchi oboekt. Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi" deb ataladi. Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo‘lishi kerak. Fizik uzatish muhiti elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o‘rtasida axborot uzatishni ta’minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv xar qanday kompyuter tarmoini abonent tizimlari va kommunikatsion tarmoq yiindisi sifatida ko‘rish imkonini beradi Kompyuter tarmoqlari uch turga bo’linadi. Bular – LOKAL KOMPYUTER TARMOG‘I Lokal kompyuter tarmog‘i nisbiy tushuncha bo‘lib, kompyuterlar bir xona (bir sinf yoki auditori xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filliallardan iborat bo‘lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etilishi mumkin. Shuning uchun ham ba’zan 2,5 km gacha bo‘lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar –lokal kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Lokal kompyuter tarmoqlari maxsus simlar bilan birlashtiriladi. Maxsus simlar sifatida: qalin koaksial, ingichka koaksial, juft-juft qilib o‘ralgan (toking ring- “vitaya para“) ya’ni optik tolali simlar ishlatiladi. Koaksial sim to‘rt qatlamdan tashkil topgan bo‘lib, uning eng ichki qatlami metall simdan iborat. Uning ustki qismi izolyasiya bilan o‘ralgan. Bu ikkinchi qatlam hisoblanadi. Uchinchi qatlam izolyasiyasi yupqa metall ekran bilan qoplanadi. To‘rtinchi qatlam esa plastik qatlamdan iborat. Koaksial sim ning asosiy afzalligi, uning katta kenglikdagi ishchi chastotalarga ega bo‘lganligi, ya’ni katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini yuqori tezlikda uzatishi mumkinligidadir. Optik to‘qima simlar diametri bir necha mikron bo‘lib, ular qattiq qatlam bilan va tashqaridan esa himoyaviy qoplam bilan qoplangan bo‘ladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling